Androidni Proshivka Qilish!
Mobile Savol-Javob!
Android Uchun!


Hozir o’zbek televideniyasi orqali Artel telefonlari reklama qilinayapti. Xorijga o’qish uchun ketayotgan yigit yurt tuprog’i, onasi yopgan non va Artel telefonini milliylik ramzi sifatida olib ketayapti. Menga bu reklama g’oyasi juda yoqdi. Yaqinda yangi, Android tizimida ishlaydigan telefon sotib oldim. Xorijga ketmayotganligimni hisobga olib Artel emas, UzTE telefonini tanladim. Men harid qilgan UzTE Grand X Quadtelefoni ZTE Grand X Quad v987telefoni bilan (deyarli) bir xil ekan.
Haridimning 3 kunidanoq yangi telefonning programmasini o’rganish maqsadi turli sinovlar o’tkazishni boshladim. Google dasturlarini boshqaruvchi Google Services Framework xizmatini o’chirib ko’rganimda esa telefonning barcha dasturlari «janjal» qilishni boshladi va oxir oqibatda, bitta qayta yuklashdan keyin telefon deyarli yaroqsiz holatga kelib qoldi. Proshivka qilishdan boshqa imkon bo’lmaganligi uchun internetdan qanday qilib Android telefonlarni proshivka qilish haqida ma’lumot izlashga tushdim. Proshivka qilish o’ylaganimdan ancha oson ekan. Quyida qanday qilib UzTE (ZTE) Grand X Quad telefoniga yangi Android tizimini o’rnatish (telefonni proshivka qilish) haqida o’z tajribamni bo’lishmoqchiman. O’ylashimcha Android tizimida ishlovchi boshqa barcha telefonlar ham huddi quyida ko’rsatilganidek proshivka qilinadi. Faqat bitta farq – boshqalarda proshivka versiyasi va fayli boshqacharoq bo’ladi. Muhimi – telefoningiz modeli va Android versiyangizga mos proshivka tanlashingiz kerak.
Telefoningizni qayta proshivka qilish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:
1. Telefoningizda tez yuklashni o’chiring. Buning uchun Nastroyki -> Specialniye Vozmojnosti -> Bistraya Zagruzka kirib, funksiyani o’chirasiz.
2. Telefoningizga Framrootdasturini o’rnatib, telefoningizda root imkoniyatini yoqing.
3. Telefoningizga MobileUncle Toolsdasturini o’rnating.
4. V987+CWM+Recovery+V6.0.3.0.7zfaylini yuklab oling va ichidagi recovery.img faylini mobil telefoningiz fleshkasiga ko’chirib o’tkazing.
5. Telefoningiz uchun mos bo’lgan proshivkani oling. Masalan, men ZTE Grand X Quad uchun rus tilidagi Lewa 5 proshivkasini oldim. 
Proshivka ZIP faylini ochmasdan telefoningiz fleshkasiga ko’chirib oling.
6. O’rnatilgan MobileUncle Tools dasturini oching va «Обновление Recovery» bandiga kirib, fleshkangizdagi recovery.img faylini ko’rsating. 
Dastur telefonni Recovery rejimida qayta yuklashni taklif qiladi. Rozi bo’ling va yuklang.
7. Recovery rejimida Wipe dateqiling, keyin Wipe casheqilasiz va undan keyin advanced menyusi ichida wipe dalvikqilasiz. Shundan keyin quyidagilarni bajaring:install zip from sdcard—> choose zip from sdcard—> (Yuklab olingan Lewa 5 proshivkasini tanlaymiz)—>install
8. Yuklash to’liq tugashini kutamiz. Telefon bir necha muddatga qotib turgandek bo’lib tuyulishi mumkin. Telefonga tegmang! O’rnatish tugaganda telefonda yozuvlar chiqadi.
9. Telefonni qayta yuklab (reboot system), yangi proshivka bilan ochilgan telefon nastroykasida 1-bosqichda o’chirilgan Bistraya Zagruzka funksiyasini qayta yoqamiz.
Bo’ldi! Telefoningizga yangi o’rnatilgan Android tizimidan bahra oling!


Maqola muallifi: Azamat Xodjakov

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
2906 YOQDI 33 YOQMADI
- Joylandi: 03.03.2016 18:38
- Platforma: Android Uchun!
mobil savol-javob
O'xshash fayllar
Izoh Qoldirish!
huavei askendga g 500ga qanfay prashifka faylini yuklaydi
androidda osonroq deb o'ylagan edim ho'p unda osonlashtiramiz. nastroyki,,,konfederalnost yoki vostanovleniye i sbros,,,sbros nastroyek bo'ldi boshqa narsa kerakmas. SD kartasini ham o'chirish kerak bo'lsa Sd kartani belgilash joyi mavjud vostanovit qiling va viruslardan qutuling
rahmat sizga apajon
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU