Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Sepli qizga uchib, epli qizdan quruq qolmang

Sovchilar eshikdan kirishlari bilan hovlining turish-turmushi-yu, romlarning plastik emasligidan shivirlasha ketishdi. Hattoki uy egasi  hijolat bo‘ladi ham demasdan ovozlarining boricha muhokama qilishdi.
-Kelinglar, xush ko‘rdik, – dedi Nozima opa mehmonlarni tanimayroq.
-Qulchilikka keldik, tasadduq.
Nozima opa bashang kiyingan ayollarning salobati bosibmi, shoshib qoldi.
-Voy, nega turibsizlar kelavermaysizlarmi?
Sovchilar ichkariga qarab yurishdi. Yo‘l-yo‘lakay nimalarnidir pichirlashdi.
Nozima opa urf-odatga ko‘ra choy olib kirdi. Xonadonning saranjom-sarishtaligi, xonalarning nozik bezatilganligi  uy sohibasining didi balandligidan darak berib turibdi.
Hol-ahvol so‘rashishgach, sovchilar muddaoga o‘tishdi. Biroq ularning berayotgan savollari Nozima opani hayron qoldirayotgandi. Hovlining necha sotixligi, erining maoshi qanchaligi, o‘g‘lining qayerda ishlashi-yu, nechta uyi borligi haqida tinmay savol yog‘dirayotgan sovchilarning oxirgi so‘rog‘i Nozima opaning chinakamiga jahlini chiqardi.
-Mashinangiz bormi?-dedi qulchilikka kelganlardan biri.
-Ha, bor.
-Qizingiz mashina haydashni biladimi?
-Ha, haydab turadi.
-To‘ydan keyin mashinani unga berasizlarmi?
-Nima?- Nozima opa savol nazari bilan tikildi sovchilarga.
-Kechirasiz-u, siz kelin olmoqchimisiz yoki mashinami?
-Shunchaki so‘rayapmiz-da, – bezraydi sovchi ayol. So‘rash ayb emas-ku.
– Mayli,  sizlarning ham vaqtingizni olmay.    Qizimizni hali uzatmoqchi emasmimiz,-to‘nini teskari kiydi mezbon. Hali qizimiz ro‘zg‘orni eplay olmaydi.
-Qizingizni juda epli deyishgandi, – chaynaldi qovun tushirgan ayollardan biri.
-Juda to‘g‘ri aytishibdi. Lekin uni hali uzatmoqchi emasmiz.
O‘rtaga jimlik cho‘kdi. So‘ng sovchilar izzatlarining borida turishni ma’qul ko‘rishdi. Essizgina, sepli kelin qilamiz deb, ham pazanda, qo‘ligul chevar yaxshi tarbiya ko‘rgan epli qizdan quruq qolishdi-da….

Saida Ibodinova

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 12.07.2016 22:05
- Kanal: Sevgi (Fakt va Maslahati), Oilaviy Maslahat!, Yigitlarga Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Hozir bazi sovchilar seplarga uchishyapti
!Javob Jokery 08:23
Endi qizinini beryatgon tarafdan sef sorab nima qiladi shu qizini berayotgani ozlik qilmoqdami erkak bolib uyalsa bolmaydimi ayoli tamoninan sef sorashini shi xotinga kuni qarab qolibdimi undan kora ozi mehnat qilib topsin shunday insonlarga insof bersin.
Menimcha Kelin tomonni sepiga faqat g'ururi yo'q kuyov mos tushsa kere

Hammamizga insof bersin !
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog