Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Ayol kishiga tuhfa qilib bo‘lmaydigan sovg‘alar

Ayollarning tug‘ilgan kun yoki Yangi yil bayrami uchun qanday sovg‘ani xush ko‘rishlarini har doim ham bilib bo‘lmaydi. Lekin ba’zi narsalarni hech qachon va hech kimga sovg‘a qilib bo‘lmaydi. Bulardan ba’zilariga diqqatingizni qaratmoqchimiz.

Ozish uchun vositalar

O‘zining gavdasidan xavotirga tushib parhez qilib yurgan ayollarga ozish uchun tabletkalar, antitsellyulit kremlar va hech qachon tarozi sovg‘a qilmang.

Ajinga va husnbuzarga qarshi kremlar

Ayol kishiga sovg‘a qilib bo‘lmaydigan narsalar ro‘yxatini barcha tashqi ko‘rinish kamchiliklarini bartaraf qiluvchi, ayniqsa ajinlar va husnbuzarlarga qarshi kosmetik vositalar davom ettiradi.

Suvenirlar

Sovg‘a qilish mumkin bo‘lmagan narsalardan yana biri – standart suvenirlar. O‘yinchoq ayiqchalar, fotosurat uchun ramkalar, sovitgich ustiga magnitlar – siyqasi chiqqan, zerikarli va keraksiz sovg‘alar.

Kiyim-kechak

Sovg‘a egasining didini va o‘lchamini aniq bilmasangiz, yaxshisi kiyim-kechaklar hadya qilish fikridan kechganingiz ma’qul.

Atir va kosmetika

Atir va kosmetikadan unchalik xabardor bo‘lmasangiz, sotuvchilar maslahatiga ishonib xarid qilib o‘tirmang.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 31.12.2016 07:28
- Kanal: Yigitlarga Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog