Ko'zdan Kechirish

Egasini vijdon azobida qoldirgan xulosa


Kutilmagan jarrohlik tufayli ishga shoshilinch chaqirilgan jarroh tush mahalida shosha-pisha kasalxonaga yetib keldi. Jarrohlik kiyimlarini kiyayotganida kimdir eshikni zarb bilan ochib, ichkariga otildi.

«Nega shuncha kech qolding? O‘g‘limning hayoti xavf ostida ekanini bilmasmiding? Qanaqa mas’uliyatsiz do‘xtirsan?» o‘shqirdi ichkariga o‘qday kirgan, chamasi 40 yoshlardagi kishi.

Jarroh unga yuzlandi va jilmayishga  urinib, uni tinchlantirdi. «Meni kechiring, iltimos,» dedi.

«Nima? Kechiring?! Agar o‘zingni o‘g‘ling o‘lim to‘shagida yotganida ko‘rardim ahvolingni?» bemorning otasi yana zahar sochdi. Yordamchi shifokor alamzada otani tinchlantirishga urinardi.

Jarroh xotirjamlik bilan yana jilmaydi va bemorning otasiga qo‘lidan kelganicha harakat qilishini, yaxshisi asabiylashmasdan o‘g‘li uchun duo qilishini so‘rab, xonadan chiqib ketdi. «Azobni his qilmasdan turib maslahat berish juda oson. Senlarning hammang ana shunaqa – mas’uliyatsiz va beg‘am sanlar,» ming‘irladi ota noilojlikdan.

Ikki soatcha davom etgan jarrohlikdan keyin jarroh chiqdi. Avvaliga qo‘lqopini, so‘ng bosh kiyimini yechib, g‘azab o‘rnini umid egallagan nigohda boqib turgan ota tomonga keldi. U xotirjamlik bilan hammasi yaxshi o‘tganini, xavf ortda qolganini aytib, ko‘p o‘tmasdan shifoxonadan shoshgancha chiqib ketdi.

«Namuncha takabbur, dimog‘i baland? O‘g‘limning ahvoli haqida so‘ramoqchi edim. O‘zini juda band qilib ko‘rsatishga usta ekan bu mug‘ombir,» dedi ota o‘g‘li uchun dori tayyorlayotgan yordamchi hamshiraga qarab.

«Aslida u juda yaxshi odam,” dedi hamshira. “Kecha avtohalokat tufayli o‘g‘lidan ayrildi. Biz qo‘ng‘iroq qilganimizda o‘g‘lining dafn marosimida edi. O‘g‘lingizni asrab qolgach, dafn marosimini yakunlash uchun shoshib chiqib ketdi,» dedi jiqqa yoshga to‘la ko‘zlarini yashirishga urinayotgan hamshira.

Bu javobni eshitgan ota o‘rnidan shamolday qo‘zg‘alib, vijdon azobida jarrohning ortidan chopdi.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 19.02.2016 18:29
- Kanal: Muomala Qilish!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Muomala Qilish!ga » Yigitlarga Maslahat!ga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU