Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Og‘ayni, tufli tanlashni bilasizmi?

Erkaklar tuflisi kuchli jins vakillari kiyim javonidagi o‘ziga xos detal sanaladi. Erkak kishining oyoq kiyimiga qarab, uning shaxsiy xususiyatlari va mavqei qanday ekanini ham bilib olish mumkin, deyishadi. Shu sabab, tufli tanlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.

To‘g‘ri, tufli modada doim o‘zgaruvchan, biroq didga ko‘ra, bizda do‘konlardan o‘zimiz istagan uslub va rangdagi oyoq kiyimlarini xarid qilish imkoniyati mavjud.

Tufli tanlashning ham o‘ziga xos nyuanslari bor. Garchand bu did masalasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, qoidalarni bilib qo‘yish foydadan holi emas, nazarimizda.

Masalan, past bo‘yli kishilarga uzunroq poshnali, uchi kalta tufli modeli ma’qul. Baland bo‘ylilar uchun esa o‘tkir uzun tumshuqli tuflilar mos keladi. Bunda, albatta, mavsum masalasi ham inobatga olinadi.

Keling, yanada ko‘rkam ko‘rinish uchun qanday tufli tanlash haqida gaplashamiz.

  1. Tufli rangi shimning rangidan yorqin bo‘lmasligi kerak. Yoki uning rangida yoki undan xirarroq bo‘lsin.
  2. Shimning tasmasi tufliga moslanadi. Umuman olganda, ikkovining rangi bir-biridan mutlaqo farqli bo‘lmasligi lozim.
  3. Agar jinsiga tufli tanlamoqchi bo‘lsangiz, bunda ham o‘ziga hos tartiblar bor va buni esda tutish joiz. 1. Agar jinsi yoshlarbop bo‘lsa, unga mokasina va juda jiddiy bo‘lmagan tufli mos keladi. 2. Yirtiq va teshikli jinsini klassik uslubdagi tufli bilan kiyish tavsiya qilinmaydi. 3. Keyin jinsi shim bilan yaltiroq tufli kiymang. Muvofiq emas.
  4. Agar sizda to‘q ko‘k shim bo‘lsa, u bilan xohlagan to‘q rangli tuflilarni(qora, jigarrang) kiyishingiz mumkin.
  5. Har bir erkakning garderobida qora klassik uslubdagi tufli bo‘lishi kerak.  Uni sportcha uslub talab qilinmaydigan istalgan joyga kiyib borish mumkin.
  6. Zamsh tuflining bo‘lishi ham o‘zingizga bog‘liq. Uni jinsi va ko‘ylak, shim va ko‘ylak juftligi bilan kiysa bo‘ladi.

Tufli sotib olishga chiqqan chog‘da, albatta, hamrohning bo‘lgani yaxshi. U sizga jonli “ko‘zgu” bo‘ladi. Qolaversa, bu ishga tushlikdan so‘ng kirishing. Negaki, ungacha oyoq uzayadi, hajmi kengayadi. O‘lcham tanlashda adashmaysiz. Chunki ertalab “uyqudan uyg‘onmagan oyoq”qa tanlangan tufli tushlikdan keyin sig‘may qolishi aniq. Do‘konga kirganda esa o‘z molini qay yo‘l bilan bo‘lmasin o‘tkizmoqchi bo‘lgan sotuvchilar fikriga unchalar ham ahamiyat bermaslik lozim. Sizga jigarrang tufli kerakmi, albatta, do‘kondan shunday tufli bilan chiqib keting.

Tufli garderobdagi mavjud kiyimlarga moslash kerak. Agar hali sotib olinmagan, rejalashtirilgan xayoliy kostyumga moslab sotib olsangiz, u uzoq vaqt kiyim javonida qolib ketishi mumkin.

Shu o‘rinda erkaklar tuflisi bo‘yicha mashhur bredlar haqida ma’lumot:

Gussi erkaklarga dumaloq tumshuqli tuflilarni taklif etadi. Hohlasangiz bog‘ichli, xohlasangiz bog‘ichsiz, klassik qora va tim-qora variantlardagini xarid qiling.

Louis Vuitton`dan esa tabiiy teridan ishlangan, sherst va mexli, metal tovon va tumshuqli tuflilar.

Minimalizmni qadrlovchilar Hermes`ning serxasham  mahsulotlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Sport uslubini yoqtirasizmi? Unda Lanvin markali tuflilar didingizga yoqishi mumkin.

Dsquared, Salvin Klein tuflilari bilan ham o‘zingizni boshqacha his qilasiz. Xullas, bu yog‘i hamyonning “quvvati”ga qaraladi. Ammo, baribir, har bir erkakning kiyim javonida qimmat tufli, qimmat kostyum-shim va pijak bo‘lishi kerak.

 

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 19.02.2016 18:29
- Kanal: Kiyinish Haqida
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog