Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Ichki kiyimlar haqida berishga iymanadigan besh savol

Ichki kiyimlar libos javonining ajralmas va eng muhim elementlaridan hisoblanadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sohaning yillik aylanmasi 30 millird dollardan oshadi. Aytish joizki, ichki kiyimlar inson hayotida muhim rolь o‘ynaydi. Biroq shunga qaramasdan, ular bilan bog‘liq shunday savollar borki, ochiqchasi muhokama qilinmaydi. Deylik, ularni kechasi yechib yotsa yoki mutlaqo kiymasa nima bo‘ladi? Sport bilan shug‘ullanayotganda qanday turdagi ichki libos kiygan ma’qul va hokazo. Quyida trusik (kalta ishton) haqida ochiqchasiga berishga iymaniladigan beshta savolga javoblarni keltirib o‘tamiz.

  1. Bitta trusikni bir necha kun ketma-ket kiysa bo‘ladimi?

Amaliy jihatdan kecha kiyilgan trusiklarni bugun ham kiyishda davom etishning salomatlikka hech qanday salbiy ta’siri yo‘q. Ya’ni, ichki kiyim toza ko‘rinayotgan bo‘lsa (hech qanday ajratmalar asorati bo‘lmasa), uni kiyishda davom etish mumkin.

Biroq ushbu maslahatda bir qancha istisnolar bor. Trusiklar jinsiy a’zolarga taalluqli teri sohasida yaralar, toshmalar, tirnalgan joylar bo‘lsa yoki siz kuchli terlagan bo‘lsangiz, infeksiya tushish xavfini kamaytirmaslik uchun tez-tez almashtirib turilishi kerak.

Ikkinchi maslahat ko‘proq ayollarga tegishli. Chunki ortiqcha namlik kandidoz deb nomlanuvchi zamburug‘li kasalliklar rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Bu hol erkaklarni ham chetlab o‘tmaydi. Kuchli terlash bo‘lgan zahoti trusiklar almashtirilishi lozim.

  1. Ichki kiyimning qanday materialdan tayyorlangani muhimmi?

Salomatlik bilan bog‘liq savolga qisqa qilib javob bersak, haqiqatdan ham ichki kiyim, jumladan trusiklarning matosi muhim! Ichki kiyimlar o‘zidan havo va namlik o‘tkazadigan tabiiy matolardan tayyorlangani maqsadga muvofiq.

Jinsiy a’zolar hududida infeksiya va qichishlar rivojlanishining oldini olish uchun tabiiy xom ashyo (paxta, bambuk va hokazo) tayyorlangan toza va erkin trusiklarni kiyish qat’iy tavsiya qilinadi. Bu paytda terining nafas olishiga imkon berish kerak.

Sun’iy tolali matodan tayyorlangan trusiklar nafaqat jinsiy a’zolar sohasidagi terining nafas olishiga to‘sqinlik qiladi, balki orqa chiqish yo‘lidagi zararli mikroblarning jinsiy a’zolarga tushishi va u yerda turli infeksion, zamburug‘li kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

  1. Trusiklar turi jinsiy qobiliyatga ta’sir ko‘rsatadimi?

Ilmiy tadqiqotlarda erkak urug‘larining ishlab chiqarilishiga issiqlik ta’sir ko‘rsatishi o‘z tasdig‘ini topgan. Moyaklar sohasida haroratning ortishi urug‘lik ishlab chiqarilishini qiyinlashtiradi. Tuxumlar harorati va qulayligiga asosiy nima ta’sir ko‘rsatadi? Albatta, birinchi navbatda ichki kiyim.

Shu boisdan erkaklar o‘ta tor va siqib turuvchi trusiklarni kiymasliklari maqsadga muvofiq. Eng yaxshisi, erkinroq turuvchi boshqa trusiklarlan foydalangan ma’qul.

Bu yerda plavka turiga mansub trusiklar haqida alohida to‘xtalish lozim. Bu turdagi trusiklarni doimiy ravishda kiyib yurish jinsiy a’zolar sohasida qon aylanishini qiyinlashtirib, turli patologik muammolarni keltirib chiqarish ehtimolini oshiradi. Bundan ehtiyot bo‘lish va barcha jinsiy a’zolar terisining erkin nafas olishi va qon aylanishda muammolar bo‘lmasligiga qat’iy e’tibor qaratish lozim.

  1. Trusiklarsiz yursa ham bo‘ladimi?

Mumkin! Buning uchun bir qancha shartlar bor.

Ayniqsa jismoniy tarbiya va jinsiy a’zo qo‘zg‘algan vaqtda ularni kiymagan ma’qul. Bu teriga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yallig‘lanish va qichishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq bu terida hech qanday muammo bo‘lmasa va ustki kiyim pishiq va namlik o‘tkazsagina tavsiya etiradi.

Umuman olganda esa trusiklarga ehtiyoj borligi sababli ham ommaviy foydalaniladigan libos hisoblanadi. Birinchidan, ichki kiyim shaxsiy gigiyena uchun zarur. Turli infeksiyalarning jinsiy a’zolarga yaqin yo‘lamasligi uchun toza va tabiiy matodan tayyorlangan trusiklarning o‘rni beqiyos.

  1. Ichki kiyimlarni qanday yuvish kerak?

Ichki kiyimlarni imkon qadar tabiiy kir yuvish vositasi – kir sovun bilan qo‘lda yuvgan ma’qul. Trusiklarni alohida, boshqa ichki kiyimlarni alohida, ularni paypoq yoki turli xil kiyimlar bilan aralashtirib yuvmaslik kerak.

Kir yuvish kukuni tarkibidagi natriy silikati, fosfonatlar, polikarboksilatlar, seolit, enzima, noinogenli surfaktantlar, yuqori faol moddalar kationlari va boshqa ko‘plab kimyoviy moddalar qo‘shiladi. Kir yuvish kukunida ichki kiyimlar yuvilgan taqdirda ular matosida kam miqdorda kimyoviy moddalarning saqlanib qolishi, ular yillar davomida teri orqali qon tomirlariga tushib, a’zolarda to‘planishi mumkin. Kimyoviy moddalarning organizmda me’yoridan ortiq to‘planishi esa kelgusida xavfli xastaliklar, jumladan, saratonni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas.

Xulosa

Eng muhim maslahat — o‘z ichki kiyimingizni toza, quruq va yangi holatda saqlang. Agarda jinsiy a’zolar sohasida biror muammo bo‘lsa, ichki kiyimlarning tozaligiga qat’iy rioya qiling va kerak bo‘lsa kuniga ikki marotaba bo‘lsa ham almashtiring. Agarda terlamagan bo‘lsangiz va hech qanday ajratmalar bo‘lmasa, ularni bir necha kun kiyishning zarari yo‘q.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 08.04.2016 00:34
- Kanal: Kiyinish Haqida
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog