Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Erkaklar kiyimidagi yigirmata xatolik

Ko‘rkam kiyim faqat ayollarning emas, erkaklarning ham tashqi ko‘rinishini belgilovchi xususiyatlardandir. Agar siz 14 yoshdan o‘tgan bo‘lsangiz, kiyim kiyishda quyida sanab o‘tilgan xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling – orasta ko‘rinasiz.

  1. Pidjak, ya’ni shimsiz kostyum kiyganda pastki tugmasini qadamang. U qadashga mo‘ljallanmagan. Kamzul kiyganda ham shu qoidaga amal qiling.
  2. Kostyum kiyganingizda yengidagi yorliqni olib tashlang.
  3. Odatda yangi pidjakning yelkasida oq ipchalar bo‘ladi. Kiyishdan oldin ularni olib tashlang.
  4. Pidjak cho‘ntaklari ochiq turishi kerak. Yangiligida yengi tikilgan bo‘ladi, iplarini so‘kib tashlang.
  5. Pidjakdagi tugmalar soni uchtadan ko‘p bo‘lsa – ortiqcha.
  6. Uch tugmali pidjakning yuqoridagi tugmasini qadash shart emas. Ayrim pidjaklarning qaytarma yoqasi shunday joylashadiki, yuqori tugma bir bezak o‘rnida qoladi.
  7. Uzun bo‘yinbog‘ smokingga “o‘tirmaydi”.
  8. Jigarrang botinkaga jigarrang tasma, qora botinkaga qora tasma yarashadi. Eslatma: bu qoida rasmiy kiyinish tarzi uchun amal qiladi, erkin ko‘rinishni istaganlarga yo‘l ochiq :)
  9. Ikkidan biri: yoki belingizga tasma taqasiz, yoki yelkadan o‘tkaziluvchi tasma taqasiz. Bir vaqtda ikkalasini zinhor taqmang.
  10. Ko‘ylak qadama yengi (manjet) kostyum yengidan sal chiqib tursin. 1-2 sm yetarli.
  11. Shimning old qismida yengil bukma chizig‘i bo‘lsin. Odatda, juda uzun va tor shimlar yonga bukiladi.
  12. Kostyum-shim va oq ko‘ylak bilan kepka kiyish yaramaydi.
  13. Bo‘yinbog‘ uchi tasma to‘qasigacha yetsin. Undan kalta yoki uzun bo‘lsa yarashmaydi.
  14. Bo‘yinbog‘ tuguni ostida chuqurcha bo‘lsin.
  15. Erkaklar pidjagi palto yoki kurtkadan uzun bo‘lmasligi kerak.
  16. Kapalaknusxa bo‘yinbog‘ tik yoqa ko‘ylaklar uchun mo‘ljallangan, qaytarma yoqaga “o‘tirmaydi”.
  17. Milliy kiyimlarimizdan bo‘lgan beqasam va banoras choponlar oq ko‘ylak bilan yarashadi, ammo gulli olachipor libos va sport kiyimlari bilan uyg‘unlasha olmaydi.
  18. Tumshug‘i to‘rtburchak tufli ham orastalik alomati bo‘lolmaydi.
  19. Kalta shim (shorti) bilan paypoq kiyilmaydi. Sandal shippak bilan ham.
  20. Ko‘ylak va jinsi shim kiyishga chog‘lansangiz tasma taqishingiz shart. Pidjak ham kiymoqchi bo‘lsangiz, yelkatasmani o‘tkazib oling.
Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 19.02.2016 18:29
- Kanal: Kiyinish Haqida
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog