Yosh biznesmenga qarata aytilgan 26 ta buyuklar fikri

Henri Ford:

“Puldan tashqari hech nimani tan olmaydigan tadbirkorlik qashshoqlikdir.”

 ***

Jon Grinlef:

“Kichik tadbirkor, shuni bilginki, sen uchun halollikdan yaxshiroq yuksalish quvvati yo‘q.”

***

Koko Chanel:

“Hayotda zerikishga vaqt yo‘q. Hayotda mehnat qilish va sevish uchun vaqt bor. Bular esa boshqa narsalarga o‘rin qoldirmaydi.”

***

Robert Orben:

“Har kuni tongda uyg‘ongach, boylarning yangi ro‘yxatini ko‘rish uchun “Forbes” jurnalini varaqlayman. Agar u yerda ismim bo‘lmasa, yanayam qattiqroq mehnat qilish uchun ishga shoshaman.”

 ***

Xerold S. Genin:

“Iqtisod olamida har kimga ikkita tanga beriladi: biri mablag‘ olish uchun, ikkinchisi tajriba uchun. Sen avvalo tajribani xarid qil, so‘ngra mablag‘ning o‘zi keladi.”

 ***

Henri Vard Bicher:

“Har bir yosh tadbirkor biznesdagi muvaffaqiyatning asosi yaxshi fazilatlar ekanini bilib olishi lozim.”

 ***

Robert Shuller:

“Omadsizlikka uchrash “sen omadsiz san” degani emas, aksincha “omading hali oldinda” degani.”

***

Adlay Stefenson:

“Tadbirkorlikda kompaniyaning haqiqiy xo‘jayini bu – xaridor. Chunki u qaror qilasa pulini boshqa yerda sarflashi va kompaniyani kasodga uchratishi mumkin.”

***

Andre Marloks:

“Rahbarlik – xalqqa xizmat qilishdir. Bundan ortiq, bundan kam emas.”

***

Klement Stoun:

“Harakat, harakat, harakat va yana harakat har qanday sohada peshqadam bo‘lishning bosh qoidasi.”

***

Aleksis de Tokvil:

“Biz o‘zimizdagi ijobiy fazilatlar bilan muvaffaqiyat qozondik. Ammo, “eng zo‘r”ga aylanish uchun kamchiliklardan saboq olish zarur.”

 ***

Charlz Kettering:

“Yuqori natijalar doimo yuqori umidlar tufayli qo‘lga kiritiladi.”

 ***

Edvard Apleton:

“Boshqaruvda kasbiy mahoratdan ko‘ra kasbga bo‘lgan ishtiyoqni qadrlayman.”

***

Lord Akton:

“Men puxta tadbirkor emasman. Lekin mohir san’atkorman. Men pul haqida o‘ylamayman. Go‘zal narsalar pul olib kelishini yaxshi bilaman.”

***

Robert Shuller:

“Qo‘rqma! Qo‘rquvga quloq tutsang, qanchalik buyuk inson ekanligingni bilmay o‘tib ketasan.”

***

Pol Getti:

“Bankda 100 dollar asrayotgan bo‘lsang, bu sening muammong. Mabodo, bankdagi hisobing 100 million dollar bo‘lsa, bu bankning muammosi.”

***

Stiv Jobs:

“Biznesda muvaffaqiyatli inson yo‘lboshchi, qolganlar esa unga ergashuvchidir. Yo‘lboshlovchi va ergashuvchini bir-biridan farqlaydigan narsa – yangilikdir.”

***

Charlz Jaffe:

“Boy bo‘lishing oyligingga emas, sarf-xarajat qilishingga bog‘liq.”

***

Deyl Karnegi:

“Dunyodagi eng buyuk ishlar umidi ajal ostonasiga borgan mahalda harakatni to‘xtatmagan kishilar tomonidan uddalangan.”

***

Edvards Deming:

“Mijoz sizning xizmatingiz yoki mahsulotingizdan do‘stlari, yaqinlari oldida faxrlansin. Ana shunda siz mijozning do‘stlarini ham xaridorlar safiga qo‘shasiz. Foyda shu orqali oshadi.”

***

B. S. Forbes:

“Haqiqiy boy – avvalo qalban boy bo‘ladi.”

***

Frank Lloyd:

“Fermada oddiy tovuqxona qurayotgan bo‘lsang ham, go‘yoki o‘zingga imorat tiklayotgandek diqqatli va g‘ayratli bo‘l.”

***

Stiv Jobs:

“Yangilik qilganingda xato qilishing ham tayin. Muhimi xatoni tezda anglashdir.”

***

Volter Skot:

“Tadbirkorlikda muvaffaqiyat yoki inqiroz qobiliyatga emas, xulq-atvorga ko‘proq bog‘liq.”

***

Aristotel:

“Tadbirkorlikning siri boshqalar bilmagan tadbirdan boxabar bo‘lishdir.”

***

Kolin Pauel

Muvaffaqiyatning sirli joyi yo‘q – bu puxta tayyorgarlik, qattiq mehnat va omadsizlikdan saboq olish degani.

***

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
268 YOQDI 5 YOQMADI
- Joylandi: 19.02.2016 18:29
- Kanal: Daromad Topish Yo'llari
Izoh Qoldirish!
z6r
!Javob Rakhman 15:38
Zor
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU