Qarindosh-urug‘larim (yo‘ldagi hangoma)

Shoshib turibman. Ishxonaga kameralar qo‘yilgan. Kech qolmaslik uchun taksi ushlash kerak. Aksiga olib oxirgi vaqtda kirakashlar… xullas, tushundingiz. Betoqatligimning sababi shu.

Nihoyat bitta taksi razvedkachilarga o‘xshab zimdan alanglagancha to‘xtadi:

–         Ho‘, ukam, qatga borasan?

–         Falon joyga.

–         Oting nima?

–         Abdushukur.

–         Qatta ishlaysan.

–         Neftegazda.

–         O‘ylaring qatta.

–         Farg‘onada.

–         O‘tir… Man amakingman. Doda deyvur. Otim Saidxoja. San jiyanimsan. Ikkalamiz Yunusobod mebel magazinga ketvommiz. Birov so‘rab qolsa…

U kompyuterdan chiqarilgan o‘zi haqda batafsil ma’lumot bor varaqni tutqazdi. Vu-uy, kuchugining ismidan tortib qaysi jamoaga muxlislik qilishigacha!

Yo‘lda bir kennoyi qo‘l ko‘tardi. Uyam taksi kutaverib xit bo‘lib ketibdi. Shunga qaramay anketaga batafsil javob berdi.

–         Siz singlimsiz. Birato‘la jiyanizga parda tanlashgani ketvossiz. Mani ismim Saidxoja. Abdushukur, qolganini kenayingga tushuntir, varoqni ber.

–         Qanaqasiga kennoyim bo‘ladilar sizga singil bo‘lsalar, menga amma bo‘lmaydilarmi, – e’tiroz bildirdim.

–         No‘, buyog‘ini o‘zing to‘g‘irla.

Chinor salqinida turgan kampir xolaning oldida qiyyyq etib to‘xtadik. Nimalar deyapman, qishda chinor salqini bo‘ladimi?

–         Assalomu alaykum o‘g‘lim. Otim Fazilatxon. Yoshim oltmish oltida. Qatiqli go‘jani yaxshi ko‘raman. Qorasaroyga boraman.

–         Onam, onam, o‘tiring, onaginam, bardammisiz. Man bo‘lsa, palovni. Yuventusga bolelshikman. Abdushukur, opoqingni qo‘llaridan so‘mkani olmaysanmi?

–         E, qanaqa odamsiz, sizning onangiz menga buvi!

–         Onam, Yunusobod orqali sizni Qorasaroyga tashlayman. Mani otim Saidxoja.

Haydovchi tarjimai holi, qayerda yashashini batafsil boshqatdan tushuntirdi.

Yo‘lda bizga amakimning qaynsinglisi, qudasi, tog‘asining o‘g‘li hamroh bo‘lishdi.

–         Qiyin bo‘p ketdi,-dedi haydovchi. –Otning kallasiday jarima qo‘yib qo‘ygan. To‘xtatib yo‘lovchi bilan sho‘pirdan melisa bilan serjanti alohida-alohida so‘raydi: “Oting nima?”, “Yoshing nechada?”, “Qayerda turasan?”, “Nechta bolang bor?”, “Bugun nima yeding?”.. gemorroy.. Olmazor yo‘lida turganlar qaysi ovqatni yaxshi ko‘rishini so‘raydi. Javoblar mos kelmasa, yigirma beshta minimalka yutuqqa chiqib turibdi-da.

–         Siz ham bo‘sh kelmaysiz.

–         Manam bo‘sh kelmayman. Iyya, bizni to‘xtatdimi?! Bu “tufli”ku. Esingda tut, man 43 razmer kiyaman.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
171 YOQDI 2 YOQMADI
- Joylandi: 19.02.2016 18:29
- Kanal: Daromad Topish Yo'llari
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU