Ishda ko‘tarilish uchun sizda yetishmayotgan 10 jihat

Siz hozir turgan kar’yera joyi – bu sizning imkoniyatingiz manzili. Agar qo‘shimcha mahorat va imkoniyatingizni ishga solsangiz, hayot yanada yaxshi bo‘ladi.

Ter to‘kib mehnat qilayotgan, tinmay izlanib, yaxshi yashashga intilayotgan inson hayotda eng yaxshisiga munosib. Ishda o‘sishda har doim ham bilim qo‘l kelavermaydi. Kasbu korda yuksalishning poydevori mehnat, fe’l-atvor, bilim va yana boshqa omillardir. Quyida shular haqida amaliy tavsiyalarni sanab o‘tamiz.

1. Agar hozirgi ishingizda ko‘tirilishingizga ko‘zingiz yetmasa, ishni o‘zgartiring. Noto‘g‘ri tanlangan ish – bir umrlik dushmanga o‘xshaydi. U sizning muntazam baxtsizligingiz va go‘zal taqdiringizning bosh to‘sig‘i bo‘lishi mumkin.

Modomiki, ishda o‘smasligingizning sababi boshqa kamchilik bo‘lsa, buni aniqlang. Ishdagi yaqin hamkasbingiz yoki do‘stingizdan o‘zingizda nima kamchilik borligi haiqda so‘rang va uni to‘girlashga harakat qiling. Aks holda sizning gapirmasdan o‘zingizni tutishingiz va xatti-harakatingiz nafqat o‘zingizga bo‘lgan ishonchsizlikni balki, qilayotgan ishingizni ham uddalay olmayotganingizdan darak beradi.

2. Tanaffus yoki tushlik chog‘larida ijtimoiy tarmoqlarga “sho‘ng‘ib” ketmang. Bunday qulay fursatni kino ko‘rish yoki televizor qarshisida sarflagandan ko‘ra, qo‘shimcha bilim olishga harakat qiling. Internet yoki kutubxonalarda o‘zingizni kasbingizga oid manbaalarni o‘qiy boshlang.

3. Hamma ishni ham o‘zingiz qilishga harakat urinmang. Atrofingizdagi yordamchilar va tajriba orttirayotganlar oddiygina qog‘ozlarni titish va fayllarga solishni sizsiz ham uddalaydilar, yaxshisi siz ko‘zga ko‘ringan va ma’suliyatli ishlarni qilling.

4. Bajarayotgan ishingiz va tashkilot maqsadini o‘zingiz tushunib yetib, bu boradagi tajribani o‘rganib boring. O‘z yo‘nalishingiz yoki hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishga oid video hamda audio kurslarni topib, bo‘sh vaqtingizda ko‘proq tomosha qiling. Bu hayotda ijobiy kayfiyatda yashashingizga yordam beradi.

5. O‘zgarishga harakat qiling. “Dunyoni o‘zgartirishdan avval o‘zing o‘zgarishing kerak”, degan jumlani unutmang. Fe’l-atvoringizni nazorat qiling. Ish jarayonida xushfe’l bo‘lishga harakat qiling. Dilingizdagi har narsani ham tilga chiqarmang.

6. Ishxonangizdagilar bilan orzu va maqsadlaringizni muhokama qilmang. Agar kompaniyangizda siz hohlagan ish o‘rni bo‘shab qolsa, bunga istagingiz borligi haqida boshlig‘ingizga ayting.

7. Siz har doim tashqi ko‘rinishingizga e’tiborli bo‘ling. Ishga doimo toza va ozoda ish kiyimida keling. Qish kunlari loy va chang oyoq kiyim yoki tirnog‘ingiz ostidagi kir atrofingizdagilarda siz haqingizda yomon taasurot qoldirishi mumkin.

8. Ishdan erta ketmang. Ishda qo‘shimcha 30-60 daqiqa o‘tirib, ishlaringizni qilsangiz, shunchalik ishingizda unumli bo‘ladi, shu sababdan uyga ketishga shoshilmang. Juda kech qolib ham ketmang. Axir, uyda sizni oilangiz kutayotgan bo‘ladi.

9. Hayotingizni ish, ta’lim va xursandchilik bilan uyg‘unlashtiring. Qancha ko‘p mehnat qilsangiz, shuncha ko‘p dam oling. Oilangiz bilan sayohat qiling, shahar aylaning. Bu sizni yanada yaxshi ishlashga undaydi, qo‘shimcha kuch-quvvat beradi.

10. Kompaniya yoki tashkilot faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan jihatlar yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa, bularni rahbariyatga ma’lum qilib borishdan cho‘chimang. Bu sizning ularga xayrixoh va ishga mas’uliyatli ekaningizni ko‘rsatadi.

Omad sizga yor bo‘lsin!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
565 YOQDI 2 YOQMADI
- Joylandi: 20.05.2016 23:11
- Kanal: Boshqa Foydalilar!, Xayotiy Maslahatlar!, Daromad Topish Yo'llari
Izoh Qoldirish!
!Javob Shexroz 19:30
01_w
bu haqiqat albatta. masalan ishimda bunday hodisalarga ko'p duch kelganman. ishchanlik ruhiyatidan tushmay ishlash jamiyatda alohida hech kim to'ldira olmaydigan mavqeyga ega bo'lishga katta turtki bo'lib xizmat qiladi. Laziz Axrorov smile
Ajoyib qoyil.
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU