Ona...

Kechalari kechga qolsang bo’lar parvona.
Yomon yo’lga kirmasin deb aqli devona.
Aqlingni yig’ ey do’stginam u zot yagona.
Dunyoda bo’lsa agar bir do’st, o’sha ham ONA...

Sevgi deya siqilasan boshqa narsa bilinmas.
Onang bolam deganlari ko’zlaringa ko’rinmas.
Gap gapirsa baqirasan emasman men yosh bola.
Sani shunday katta qilgan o’sha inson bil ONA...

Sigaretni chekib turib g’am-tashvishni bilmaysan.
Agar qorning ochib qolsa onajoning izlaysan.
Hali yoshsan ey do’stginam pul topishni bilmaysan.
Topganiga qoniqmasdan yana shukur qilmaysan.

Qo’ng’iroqqa javob bermay darrov tixa bosasan.
Vaqt o’tganda bu ovozga har kecha zor o’tasan.
Qilig’ingdan afsus chekib dardni ichga yutasan.
Onajoning rozi qilmay armon bilan ketasan.

Sevgilinga jonim deysan onangachi bilmadim.
Onasini ilhoh etib baht topganni ko'rmadim.
Ko'zlaridan yosh oqizsang armon ko'ngling tig'laydi.
Ahir ona ko'z yosh to'ksa yer-u osmon yog'laydi.

Arzimas bir shirin so'zni aslo ichga yutmagin.
Bir bor hursand qilish uchun bir bayramni kutmagin.
Onajoning sog' yurgani bayramning eng kattasi.
Uni aslo ranjitmagin sensan yurak parchasi.

Yetimlardan so'rasang gar ichimda der ekan nolam.
Kasal yo hasta bo'lsa ham bo'lsin der ekan onam.
G'amgin hursand kuningda doim senga madadkor.
Qadriga yet bahtingga mehribon bir onang bor.

Orqangdan gap eshitib boshin egib yurmasin.
Ichida dardni yutib tashqarida kulmasin.
San shunday bir farzand bo'lki hamma havas aylasin.
Onajoning yig'lasa ham quvonchlardan yig'lasin.

Sanga bitta tikon kirsa unga nayzaday botar.
Har kecha yo'ling poylab uyquga ketmay yotar.
Qattiq gap ham aslo aytma o'ksitmagin qalbini.
O'ta bo'lsang tushunarsan ota onang qadrini....

» MP3 Shaklida Yuklab olish!
» RASM Shaklida Yuklab olish!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
1072 YOQDI 13 YOQMADI
- Joylandi: 27.03.2016 17:58
- Kanal: Ota & Ona Haqida, Qo'shiqlar Matni!
Izoh Qoldirish!
Klasss zôrrr
_Айтар булсам ушбу сузимни,
____Куз ешларим ювар юзимни
_____Куярга жой йукдир узимни,
_______Отанг булсин экан биродар.
_Хонодони файзи курки хам,
____Шод кунглингнишодон эрки хам
_______Енингда-у йук заррача гам,
___________Отанг булсин экан биродар
_У хаетдир магрур савлатинг,
___Хар нарсага етар кувватинг
______Бошингдаги тожу давлатинг
________Отанг булсин экан биродар
_Хар ишингда сенга маслакдош,
____Туйларингда булиб турар бош
_______Кулинг билан едирсанг хам ош,
_________Отанг булсин экан биродар.
_Уй турида етса гар хаста,
___Армонлардан кунгли шикаста
______Хизматида бул хар нафасда,
_________Отанг булсин экан биродар!
Yana bir bor klass
Baxtimizga onajonlarimiz sog' businlar
Ajoyia chiqibdi
Klass
Eeee Bugun man to`ygunimcha ichaman alamdan.
Bugun man o`ynayman dardim boridan
Gap yo
Zor zor klas
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU