Ko'zdan Kechirish

Bolangiz gapga quloq solmasa


«Hayotim davomida biror marta hamma gapga quloq soladigan va ota-onasining chizgan chizig‘idan chiqmaydigan bolani uchratmaganman…» – deydi bir tanishim. Men esa uning gapiga qo‘shilolmayman. Bolaning gapga kirishi yoki quloqsiz bo‘lib o‘sishiga uning ota-onasini ayblayman. Agar ota-ona bolasiga o‘zini tutishga va hislarini jilovlashga o‘rgatsa hammasi yaxshi bo‘ladi. Buning uchun esa quyidagi tavsiyalar sizga qo‘l kelishi mumkin.

  1. Unga buyurgan ishingizni qat’iyatlik qilib, darhol bajarishga undamang. Aksincha u sizning buyrug‘ingizni tezroq bajarishi uchun ayyorlik bilan «Iltimos, mana shuni qilgin» yoki «Bu ish sening qo‘lingdan keladi!» qabilidagi so‘zlarni muloyim tarzda ishlating.
  2. Hech qachon bolaga atrof-muhitni o‘rganishiga qarshilik qilmang. Aks holda bolada doim «tegma» va «mumkin emas» so‘zlarini eshitganidan so‘ng qarama-qarshi ta’sir paydo bo‘ladi. Bu qoidaga, ayniqsa, bola uyni o‘rganishni boshlaganidan boshlab rioya qilmoq zarur. Bunda bolaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uyingizdagi rozetkalarni yashiring, gul tuvaklarini uning qo‘li yetmaydigan joyga qo‘ying va h.k.
  3. Bolalar ko‘pincha ota-onalarining harakatini takrorlashlari hech kimga sir emas. Shunday ekan bu imkoniyatni, albatta qo‘llab, shu bilan birga o‘zingizning ham bir ikkita yomon odatlaringizdan voz kechasiz. Ovqatingizni yeb bo‘lganingizdan so‘ng, kosa yoki likopchani olib borib yuvib qo‘ying. Kiyimlaringizni almashtirishingiz bilan darrov javonga joylashtiring. Bolayam shu qoidaga amal qiladi.
  4. Kun rejasiga doir qoidalarni kiritganingizdan so‘ng ularga albatta rioya qiling. Masalan: «Avval tushlik, keyin o‘yin» va h.k. O‘rnatgan qoidalaringizga har kuni amal qiling. Agar bir kun tanaffus qilsangiz, keyingi safar farzandingiz ko‘z yosh qilib, o‘z maqsadiga erishmoqchi bo‘ladi.
  5. Agar doim farzandingizning kamchiliklari uchun koyisangiz, unda «e’tiborni shu tariqa tortish mumkin ekan», degan noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi. Bunday holatning oldini olish uchun uni hatto eng kichik yutuqlari uchun ham maqtab turing.
Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 13.04.2016 19:36
- Kanal: Shirintoyingiz Uchun!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Shirintoyingiz Uchun!ga » Qizlarga Maslahat!ga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU