Erkak Xiyonat Qilmasligi Uchun

Salom sevimli portalning sevimli ayolu qizlari. Bugungi mavzumiz erkak nega xiyonat qiladi yokida erkak xiyonat qilmasligi uchun deb nomlanadi. Bu mavzuning aslida uchunchi qizmi bo'ladi.
Xo'sh... Erkak nima uchun xiyonat qiladi??? Ayolida ko'ngli to'lmaslik va ayolidan shirin so'z eshtmaslik, er va xotin bir birini tushunmaslik hamda uyda va oilada mehr yetishmasligi buning asosiy omillari bo'ladi. Shuni unutmangki xurmatli ayollar erkak izlaganini topishga qodir. Xiyonat borasida erkaklar ikki turga bo'linadi yengil va og'ir. Yengil erkaklar jondan sevganiga uylansalar ham albatta ko'chadan o'zi uchun ikkinchi xayotini yaratadi. Og'irlikka o'rgangan erkaklar zamonaviy til bilan aytganda bir parcha go'sht uchun ayolimu va farzandlarimga xiyonat qilamanmi deb o'z oilasini ustun qo'yadi. Og'ir erkaklar uchun ko'chada yangi xayot boshlagandan ko'ra bor oilasini mustahkamlagan yaxshiroqdir.

Bir narsani unutmaslik kerak rafiqasiga xiyonat qilgan erkak o'z oilasi, ota-onasi, farzandlariga ham xiyonat qilgan xisoblanadi. Farzandlarning onasi bo'lgan ayolni sevish shart, axir u o'z oilasi, ota-onasini tashlab erkak ortidan ergashib keladi.

Shu o'rinda ayol ham erini ko'nglini olish, uyda xotirjam muhitni yaratishi va muammolar haqida kamroq gapirishi shart. Ko'chada ishlab yurgan erkak oilasi va uyini sog'inib kelishini taminlash ayolning zimmasida. 

Olimlarning kuzatishicha oila qurilganidan keyin erkakda uch bor tanglik yuz berar ekan. Birinchisi uchinchi yildan boshlab yettinchi yilda turmish qilish davrida yuzaga kelib bu borada er xotin bir birini diydoriga to'yib qolish natijasida yuz beradi. Ikkinchi tanglik 17-20 yilgacha yuzaga kelar ekan. Uchinchi tanglik yosh o'tganidan keyinligini xisobga olib ularga batafsil to'xtalib o'tirmaymiz. Xozir esa birinchi tanglik haqida so'z olib boramiz....

Bu birinchi tanglikda ayniqsa ayol kishiga katta masulyat yuklanadi. U erini yomon yo'ldan saqlab qolishi uchun barcha choralarni ko'rishi kerak.

1. Ayol o'zligini unutmaslik kerak.
Endi meni birov kelin qilarmidi degan gaplar bilan o'zini ovutib tashqi ko'rinishiga befarq bo'lib qolgan ayollar juda adashadi. Dono halqimiz otanga onangni bepardoz ko'rsatma deb bokorga aytmagan. Buni aslo unutmaslik kerak va doim huddi qizlik vaqtida parrdoz qilgandayday parrdozlanib yurishi yurishi kerak.

2. Erga bo'lgan munosabat masalasi.
Agarda erkak uydagiday izzat ikrom va mehrni boshqa joydan topolmasligiga ishontirsangiz u xiyonat yo'liga kirmaydi. 

3. Jinsiy xayotda birhillikdan vos keching.
Erishish juda oson narsa kishida qiziqish uyg'otmasligini yodda tuting. Nozu-karashma faqat qizlarga emas ayollarga ham xosdir. Faqat meyorda... 

4. Sevgi muxabbatni kuchaytiring.
Sevgi muxabbat ham insonni oziqlanishiga yordam beradi. Endi menga sevgi nima kerak degan so'zlarni unuting va doim eringiz bilan yosh bolalarday beg'ubor sevishing va sevgingizni saqlab qoling... Vaqti-vaqti bilan er-xotin birga tunamasligi ham kerak bo'ladi. Masalan siz bir haftaga qizlik uyingizga borib keling....

Endi esa xulosa qilsak....
Aqli pokiza erkak hech qachon gulday oilasi, sadoqatli ayoliga xiyonat qilmas ekan. Etiqod erkakning nafsini jilovlab turuvchi mustahkam kuchdir ammo iymon-etiqod darajasi har kimda har-hil ekanliginiyam unutmaslik lozim. Shu bois bunday holatda aytilganidek har kimning o'ziga insof bersin... Siz bu haqida qanday fikirdasiz o'z fikringizni izohlarda yozib qoldiring...

Nima qo'lganda ham erkak sizning erkagingiz, uni saqlab qolish sizning zimmangizdagi yukdir. Sevimli portalingizda qoling vada qilinganiday sizga atalganlari hali oldinda. Sizlarga ushbu maqolani Oydin Abdullayeva yozdi... Moqina.Net

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
1647 YOQDI 5 YOQMADI
- Joylandi: 24.07.2016 14:07
- Kanal: Sevgi (Fakt va Maslahati), Ayollarga Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU