Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Bachadondan tashqari homiladorlik

Baxtli bo‘lishni hohlaysizmi? Faqat jilmaying halos. Ishonasizmi yo‘qmi, biroq o‘zingizni jilmayishga majbur qilib siz haqiqatda baxtliroq bo‘lasiz 
30 yoshlar atrofidagi bir guruh ayollar qatnashgan izlanishlardan biri doimo jilmayishning foydali tomonlarini isbot qilishdi. Bitiruv alьbomidagi suratlarda ochiq, baxtli jilmayishlarni namoyish qilgan ayollar, ularning mahzun dugonalariga nisbatan kelajakda baxtli oila qurishgan va umuman ko‘proq yaxshiliklarga erishishgan . 
Mimika bo‘yicha ekspert bo‘lgan, amerikalik psixolog Pol Ekman (Paul Ekman) yuzidagi mushaklarni buyurilgan qiyofani egallaydigan qilib o‘zgartirishni mustaqil o‘rganib olgan. Uning hayron bo‘lishicha, vaqt o‘tib shuni sezdiki...faqat yasama qilib ko‘rsatishga (imitatsiya) xarakat qilgan emotsiyalarini haqiqatda his qilishni boshlagan. U labalarini cho‘zib og‘iz burchaklarini tepaga qarata boshlagach haqiqatda o‘zini baxtiyor his qilar edi. 
Ekman va uning kasbdoshlari bu masalaga butun bir izlanishni bag‘ishlashdi. Bir guruh talabalarni jilmayishga majbur qilishdi va bir vaqtda miya faolligini o‘lchashdi. Asboblar tasdiqladi: tekshirilayotganlar haqiqatda o‘zlarini baxtiyor his qilayotgan edilar. Doimo jilmayish odati uzoq muddatli istiqbolda sizning sog‘lig‘ingizga foyda keltirishi mumkin – bu esa albatta ishingizda, jamiyatdagi hayotingizda va romantik holatingizda aks etadi – deb hisoblashadi psixologlar.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 31.03.2015 22:07
- Kanal: Ayollarga Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Jilmayish manga ham yoqadi
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog