Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
40 yoshdan keyin xavfsiz ozishning 5 ta usuli

Yoshingiz 40 ga yetganida nima bo‘ladi? Afsuski, metabolizmingiz (moddalar almashinuvi) sekinlashadi. 40 yoshga kirganingizda ozish siz uchun yoshlikdagidan ko‘ra qiyinroq bo‘lib qolganidan hayratlanmang. Ha, kaloriyalarni tabiiy ravishda “yoqish” qiyinlashib boraveradi, shu tufayli, aql bilan ozishni boshlash kerak. Bu nima degani? Maqolada sizga har qanday yoshda, ayniqsa, 40 dan keyin yordam beradigan ozishga sog‘lom yondashishning beshta elementini keltirib o‘tamiz.

  1. Kuniga kamida 8 soat uxlang

Ozmoqchi bo‘lganlar ko‘p yo‘l qo‘yadigan xato — uyquga ahamiyat qaratmaslik. Kechgacha ishlash va barvaqt turish shunga olib keladiki, 40 yoshdan oshgan kishilarda uyquga to‘ymaslik yig‘ilib qoladi. Balki siz buni bilmagandirsiz, lekin odam uyqusida ozadi. Kaloriyalarning katta qismi kechasi yo‘qoladi. Bundan tashqari, uyqu tanani qayta tiklaydi, bu esa bizga mushaklarni kunduzi samarali ishlatish imkonini beradi. Shunday ekan, uyqu rejimingizni nazorat qiling!

  1. Bir necha kunlik taom tayyorlab qo‘ying

O‘zingizni taomlarni avvaldan tayyorlab qo‘yishga o‘rgating. Tig‘iz grafikka ega kishilarda keng tarqalgan muammolardan biri — ular qo‘liga nima tushsa, shuni yeydi, bu esa parhez tutish kerak bo‘lganida muammoga aylanadi. Ovqatni oldindan pishirib qo‘ying. Shunda siz kaloriyalarni hisoblashda qiynalmaysiz va sog‘lom ovqat yeyayotganingizga ishonchingiz komil bo‘ladi.

  1. Oziq-ovqat kundaligini tuting

40 yoshdan keyin aynan nima yeyayotganingizni anglash — muhim.Organizm to‘plashga moyil bo‘lgan narsalar bor, bular gazli ichimlikdan tortib, shokoladgachadir. Gap faqat iste’mol qilinayotgan kaloriyalarda bo‘lib qolmay, sizning ovqatlanish odatingizda hamdir. Kundalik tutish orqali, siz zararli yeguliklarni tanovul qilishga eng ko‘p moyil bo‘lgan vaziyatlarni aniqlaysiz, shunda bunday vaziyatlardan nari yurishga intilasiz.

  1. To‘g‘ri ozuqa qo‘shimchalaridan o‘z mavridida foydalaning

Sizga ozishda yordam berishi mumkin bo‘lgan yana bir samarali vosita — ozuqaviy qo‘shimchalar. Sog‘lom ovqatlanish — ortiqcha yog‘dan qutulishning  ajoyib usuli, biroq 40 dan oshganda, mavjud barcha imkoniyatlarni maksimallashtirish kerak, jumladan, protein, keratin va, hatto, aminokislotalar kabi ozuqaviy qo‘shimchalarni qabul qilish haqida o‘ylab ko‘rishingiz kerak.

  1. Mashg‘ulotlarni tashkillashtirish ustida bosh qotiring

Ko‘pincha qanchalik tirishqoqlik bilan mashq qilayotganingiz emas, sport mashg‘ulotlaringiz qanchalik to‘g‘ri tashkil qilingani muhimroq. 40 dan oshgan kishilar eng ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolardan biri — ular muvaffaqiyatga erishishga umid qilgan holda bir xil mashg‘ulotlarni takror bajaraveradi. Bu faqat zerikarli bo‘lib qolmay, sizdagi progressga ham salbiy ta’sir qiladi. Mashqlar tarkibini har uch haftada o‘zgartiring, shunda ozish jarayoni tezlashadi.

Yodingizda tuting, sizning metabolizmingiz endi 20 yoshdagidek emas. Nima yeb, nima ichayotganingiz, qanday mashq qilib, qanday dam olayotganingizga ongli ravishda yondashish kerak.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 17.06.2016 00:32
- Kanal: Ayol va Qizlar Tibiyoti!, Ayollarga Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog