Ko'zdan Kechirish

Sizning fe’l-atvoringiz qanaqa?


Bu juda qiziqarli sahifa bo‘lib siz bunda o‘z yozuvingiz orqali qanaqa inson ekanligingizni bilib olishingiz mumkin. Qo‘lingizga ruchka va qog‘oz olib biror narsa yozing va quyidagi savollarga javob bering, qarabsizki siz qanaqa tabiatga ega ekanligingiz kelib chiqadi, qani boshladik.

1. Harf hajmi:
– Juda kichik – 3 ball
– Kichik – 7 ball
– O‘rtacha – 17 ball
– Katta – 20 ball

2. Harfning qiyaligi:
– Chap tomonga butunlay qiya – 2
– Chap tomonga biroz qiya – 4
– O‘ng tomonga butunlay qiya – 6
– O‘ng tomonga biroz qiya – 14
– Tik yozuv – 6

3. Harfning ko‘rinishi:
– Yumaloq – 9
– Ma’lum ko‘rinishsiz – 10
– Qiya – 19

4. Dastxat yo‘nalishi:
– Yozuv yuqoriga «o‘rmalaydi» – 16
– Yozuv to‘g‘ri – 12
– Yozuv pastga «o‘rmalaydi» – 1

5. Yozuvda qo‘l kuchining ishlatilishi:
– Yengil kuch bilan yozish – 8
– O‘rta kuch ishlatish – 15
– Harflarni kuchli bosim bilan yozish – 21

6. Harflarning bog‘lanishi:
– Harflar bir-biri bilan bog‘langan – 11
– Harflar bog‘lanmagan – 18
– Harflar goh bog‘langan goh bog‘lanmagan – 15

7. Umumiy baho:
– Harflar tartibli joylashgan – 13
– Ba’zi harflar aniq, ba’zilari noaniq yozilgan – 9
– Harflar tartibsiz, yozuvlar esa tushunarsiz – 4

Natijalar:

51-58 ball: sog‘ligi biroz zaif, fe’l-atvori esa doim g‘amgin odam toifasiga yaqinroq.

59-63 ball: kam harakat, jur’atsiz, indamas, fe’l-atvorida e’tiborsizlik ko‘proq uchraydi.

64-75 ball: yumshoq, ba’zan o‘ta ishonuvchan, g‘urur va e’tiqodi kuchli.

76-87 ball: nihoyatda ochiqko‘ngil, yaxshi ta’surotlarga boy, istarasi issiq, odamlar bilan muomalasi yaxshi, o‘ziga xos hurmat e’tiborga ega.

88-98 ball: aniq va puxta ish yurita oluvchi, kuchli va barqaror, tashabbuskor, muammolarni oqilona hal qila oluvchi.

99-109 ball: egoistik fe’l-atvor ko‘proq uchraydi. Ba’zan betga chopar, ba’zan yengiltak. Odatda birovning fikrlari bilan hisoblashmaydi, tez ranjiydi, birovni tez xafa qilishi ham mumkin, hamma do‘stlari bilan ham bir xil muomalada bo‘lmaydi, mayda gap, serjahl. Lekin bunday kishilar orasida juda iqtidorli va ijodiy ishga qobiliyati yuksak kishilar ko‘proq uchraydi.

110-120 ball: bunday dastxat mas’uliyatsiz, qo‘pol, balandparvoz, o‘ta g‘ururli kishilarda uchraydi.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 23.06.2016 22:05
- Kanal: Sinab Ko'ramiz!
Izoh Qoldirish!
Manga yoqdi zuur
ишонмиман хаммаси йолгон
91 ball topladim hursand bopbkettim ishqilib rostdan ham shunday bolsin rahmat testlar uchun
Manki 86 ciqdi tori fel atvorim
Maniki oxirgisi boldi
Zor yangi testla kutib qolamiz
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Sinab Ko'ramiz!ga » Kutubxonaga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU