Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Avstraliyada asfalt qanday yotqiziladi?

G'arbiy Avstraliyada yo'llardan biriga asfalt yotqizilishi dron yordamida tasvirga tushirildi. 14 dekabr kuni taqdim etilgan rolik haqida WAtoday nashri xabar berdi.

Avvaliga tuproqli yo'l tekislanib, so'ng undan erigan gudron (neft qoldig'idan iborat qora smolasimon modda) bo'lgan yuk mashinasi o'tadi. Keyin esa shag'al to'kiladi.

Avstraliyalik mutaxassislar taxminan besh kilometrli yo'l ko'tarmasini atigi 2 kunda bitkazishdi. Loyihaga sarflangan umumiy mablag' esa 443 ming dollarni tashkil etdi.

Yo'l ta`mirlanishiga javobgar bo'lgan Mura hududi ma`muriyati internet-hamjamiyat reaksiyasidan taajjubga tushdi.

«Biz juda ham faxrlandik. Xodimlarimiz katta hurmatga sazovor bo'lishganidan juda ham xursandmiz», - deya ma`lum qildi mahalliy amaldor Alan Lison.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 12.01.2017 16:11
- Kanal: Qiziqarli Faktlar
Izoh Qoldirish!
!Javob sherdil 23:39
Qiziqarli faktlardan kutib qolamiz
Siz hali ro'yhatdan o'tmadingiz shu sababdan izoh qoldirolmaysiz, iltimos besh daqiqa vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting!

waplog
waplog