Ko'zdan Kechirish

Kimni manziliga olib borib qo‘yardingiz? (Psixalogik savol)

Faraz qiling: siz shaxsiy avtomobilingizda kechasi yomg‘irli havoda yo‘lda ketayapsiz. Shu paytda avtobus bekatida uch kishini ko‘rib qoldingiz.

1. Bular bemor ko‘rinishidagi munkillab turgan onaxon.

2. Bir paytlar hayotingizni saqlab qolgan eski birodaringiz.

3. Orzuingizdagi ayol (yoki erkak).

Avtomobilingiz ikki o‘rinli bo‘lsa, yo‘l-yo‘lakay ulardan qay birini olib ketgan bo‘lardingiz? O‘ylab ko‘ring va o‘z javobingizni bering.

Javob:

Aslida ushbu odob-ahloq boshqotirmasi yirik bir kompaniyada xodimlarni ishga qabul qilish uchun o‘ylab topilgan edi. Siz o‘ylab o‘tirmay o‘zini yomon his qilayotgan onaxonni manziliga eltarsiz. Birinchi navbatda unga yordam qo‘lini cho‘zish kerak, deb o‘ylashingiz mumkin. Balki siz eski tanishingizni tanlarsiz, chunki bir paytlar u sizni hayotingizni saqlab qolgan va bu imkoniyat orqali unga minnatdorchilik bildirarsiz? Lekin sevganingizni uchratish uchun yana imkoniyat bo‘larmikin?

 

Ishga kirmoqchi bo‘lgan 200 nafar talabgordan atigi 1 kishi bu savolga javob berishida muammo tug‘ilmadi va faqat ugina ishga qabul qilindi. Uning qarori shunday bo‘ldi: «Men avtomobil kalitini do‘stimga berib, onaxonni shifoxonaga olib borib qo‘yishini iltimos qilaman. O‘zim esa bu vaqtda orzuimdagi ayol bilan qolardim».

 

Ba’zida ishda yangicha fikrlash va ijodiy yondoshuv bizga turli qiyinchilik va muammolarni hal etishda ko‘mak beradi.

 
Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 15.02.2016 23:23
- Kanal: Siz Haqingizda Qiziqarli!, Sinab Ko'ramiz!, Psixologiya
Izoh Qoldirish!
Zõr savol ekan. Ishga qabul qilinganniyam javobi ajoyib smile
bu savoldi eshitgandim bir payitlar ro'r savol bu ancha muncha odam bu savolga javob bera olmaydi bu aniq chunki bir qarashda tushinish qiyin uning ichiga kirgan odamgina topa oladigon savol bu
Yaxshi psixalogik savol.
man xech qachon onalardan qizlarni ustun ko'rmagan bo'lardim
Agar o'rtog'i moshina haydashni bilmaganida nima qilardi
Agar o'rtog'i moshina haydashni bilmaganida nima qilardi
Ajoyib
Qogan 199 ta odamlayam ishlarini tofolishsin
1-10 11-18
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Psixologiyaga » Kutubxonaga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU