Baxtli oilalardagi biz ko‘rmaydigan 10 ta jihat

“Baxtli oilalarning barchasi bir-biriga o‘xshaydi”, — deb yozgandi Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanida. Yozuvchi haqmidi? Nahot barcha baxtli oilalarda qandaydir umumiy xislat bo‘lsa? “Deti.mail.ru” psixologlar fikricha, baxtiyor oilalarni birlashtiruvchi 10 ta odatni sanab o‘tdi.

Ular bir-biri haqida qarindosh va do‘stlariga shikoyat qilmaydi

Baxtiyor er-xotin o‘z munosabatlariga uchinchi shaxslarni jalb qilish kerak emasligini biladi.Agar tushunmovchilik yuzaga kelsa, ular bir-biri bilan ochiqchasiga gaplashib oladi. Ayolning dugonalari va erkakning do‘tlari betaraflikni saqlay olmaydi va munosabatlaringizga faqat putur yetkazishi mumkin, xolos.

Ular bir-birini boshqalar bilan solishtirmaydi

Baxtiyor er-xotin bir-birini boricha, barcha kamchiliklari bilan qabul qiladi va sevadi. Ular bir-birining kamchiliklari ustidan kulmaydi, qarashlar va fikrlardagi tafovutni qabul qiladi hamda bir-biriga o‘sishda yordam beradi.

Ular o‘zini qurbon qilib ko‘rsatmaydi

Baxtli juftliklar bir-birini o‘z muammolarida ayblamaydi, aksincha hodisa uchun javobgarlik ikkalasining ham bo‘ynida ekanligini anglaydi.

Ular doim ham jiddiy emas

Baxtli oilalar xursandchilik qilishni, kulishni, hazillashishni, va shu tariqa o‘z munosabatlarini yangilashni biladi. Hayot ularga qarshi chiqqanda ham ular muammo ustidan kulish imkoniyatini topadi.

Ular bir-birini tanqid qilmaydi va “egovlamaydi”

Baxtiyor juftliklar bir-birining yaxshi xislatlarini ko‘rishga harakat qiladi, muammolar yuzaga kelganda esa nima sodir bo‘layotganini anglashga urinadi. Agar juftingiz ko‘nglingizga xush kelmaydigan narsani qilayotgan bo‘lsa, unga bu haqda aytishning maqbul yo‘lini toping. Tanqid va ko‘z yoshi yordamida istagan narsangizga erisha olmaysiz — bunda kishi sizni tinglamay qo‘yadi va sizning u haqdagi past fikringizni tasdiqlash uchun qasdma-qasdiga ish tutadi.

Ular fikrlarni o‘qishga urinmaydi

Baxtli er-xotin bir-biriga o‘z ehtiyojlari haqida qanday ma’lum qilishni biladi. Biz endi katta odamlarmiz va bizda yashirincha xafa bo‘lish o‘rniga, bizga kerak narsani so‘rashning turli usullari bor. Agar sizga e’tibor yetishmayotgan bo‘lsa, bu haqda bildiring. Ochiqchasiga bildirish — barkamol va mustahkam aloqalarning asosi.

Ular faqat o‘z rollariga “yopishib qolmagan”

Baxtli juftliklar gender rollari masalasiga juda qat’iy tarzda yondashmaydi. Ular o‘zgaruvchan va ko‘p vazifali bo‘la oladi: bugun siz ovqat pishirasiz, ertaga — men, bugun bolaga men qarayman, ertaga — siz va hokazo.

Ular bir-biriga baqirmaydi

Hadeb baqirishga o‘tib ketaveradigan kishi beqaror va o‘ziga ishonmagan odamdir. Er-xotin munosabatlarida baland ohangdagi suhbatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki vaqt o‘tishi bilan ular bir-birini eshitmay qo‘yadi.

Ular har ishda bir-birini nazorat qilavermaydi

Rashk qilish, nazorat qilish, hukmdorlik qilishga urinish — o‘ziga bo‘lgan ishonchi yetarli bo‘lmagan hollarda kuzatiladi. Umr yo‘ldoshingizga o‘z “hudud”iga ega bo‘lishiga qo‘yib bering, shunda u sizga ko‘proq intiladi.

Ular bir-biridan mukammallikni kutmaydi

Umr yo‘ldoshingiz “oq otdagi shahzoda” bo‘lishini kutasiz, ammo real odam va uning kamchiliklari bilan duch kelgach, hafsalangiz pir bo‘ladi, zardangiz qaynaydi. O‘zingiz va boshqalarni o‘z holicha qabul qilish vaqti keldi. Juftingizdan yaxshi tomonlarni izlang, uni yutuqlari uchun maqtang.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
1083 YOQDI 9 YOQMADI
- Joylandi: 01.01.2017 17:47
- Kanal: Psixologiya
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.6

waplog spywap.net SAYSTAT.RU