Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
13 qo’rquvi: asl haqiqat nimada?

Ma`lumotlarga ko’ra, o’n uchni yoqtirmaslik birdaniga paydo bo’lmagan. O’rta asrlarda inglizlar uni “nonvoy dyujinasi” deb atashgan. Sababi, o’sha paytda haridor haqidan urib qolgan savdogarlar qattiq jazoga tortilar, hatto qo’li chopilardi. Bundan qo’rqqan nonvoylar haridorlarni kattaroq miqdorda savdo qilishga rag’batlantirish maqsadida, bir dyujina mahsulot olgan mijozga bitta qo’shib, o’n uchga Yetkazib berishardi. Bu haqda Mehrob.uzyozmoqda.

O’n to’qqizinchi asrgacha 13 soni bilan aloqador qo’rquv faqat bitta sohada bo’lgan: Yevropaliklar dasturhon atrofida o’n uch kishi bo’lib o’tirishdan saqlanishgan. Agar shunday bo’lib qolsa, ulardan biri keyingi yil davomida vafot etadi, deb hisoblashgan.Bu irimning yuzaga kelishiga esa Iso masih o’z umrining ohirgi oqshomida o’n ikki nafar havoriysi bilan bir dasturhon atrofida ovqatlanishgani, ertasiga Isoning hochga mihlanishi haqidagi to’qima rivoyatni sabab qilib olishgan. Ko’pchilik G’arb mamlakatlarida, masalan, Frantsiyada buning uchun mahsus agentlik ham ishlagan: muayyan miqdordagi pul evaziga o’n uch kishilik davraga “o’n to’rtinchi mehmon”ni Yetkazib berishgan. O’n to’qqizinchi asrga kelib esa kishilar, qaysi sohada bo’lmasin, o’n uchdan qo’rqa boshlashgan.

Aslida nasroniylikning o’zi o’n uchga hamisha bahtli son deya qaragan, chunki u Iso va havoriylarini ramziy aks ettirgan, aslo ularning so’nggi oqshomda birga ovqatlanishlarini emas. Hozirda ham cherkov bu sondan qo’rqishni gunoh deya ta`kidlaydi, lekin odamlar haqiqatan ko’ra hurofotga ko’proq moyil bo’lishlari sabab bu irim “bolalab” ketgan…

Qanchalar g’alati bo’lmasin, Farbda bu irimga bugun ham ko’pchilik qattiq ishonadi. Shu sababli ayrim ko’pqavatli binolarda 13-qavat yo’q: yo 12 dan keyin 14-qavat keladi yoki 12 A va 12 B qavatlar bo’ladi, ba`zilarida 13-qavat shunchaki “+1” deya belgilanadi. Bu holat uy raqamlariga, teatrlardagi o’rindiqlar qatorlariga, kema kayutalariga, samolyotdagi qatorlarga ham tegishli. “Formula–1” avtopoygalarida ham 12-raqamli mashinadan keyin 14-raqamlisi keladi.

“Apollon–13” fazo kemasining halokatini ham ko’pchilik uning tartib raqamiga aloqador, deb biladi. U 1970 yil 11 aprelda, sharqiy yozgi vaqtga ko’ra 14:13da parvoz majmuasidan uchirilgandi. Kema Oy orbitasiga aynan 13 aprel’ kuni chiqishi kerak edi.

Biroq, Sharqda: Hitoy, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistonida, shuningdek, Italiyada o’n uchdan umuman qo’rqishmaydi. Mayya hindularida esa o’n uch muqaddas va hosiyatli son. Hongkongda omad keltirishiga ishonib, telefon raqamlari va boshqa holatlarda shu sonni olishga intilishadi.

Bu ma`lumotlarni keltirishdan maqsad, o’n uch sonidan qo’rqadiganlarni qoralab, hosiyatli deb biladiganlarni yoqlash emas, aslo. Bularning hammasi irimdan, tasodifdan boshqa narsa emasligini, insonning boshiga keladigan ishlar, ayrimlar ishonganidek, buyumlar yoki sonlarga bog’liq bo’lmasligini yana bir bor ta`kidlashni istadik.

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 28.09.2016 22:03
- Kanal: Psixologiya
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog