Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
«Viskodi» shirinligi

Kerakli masalliqlar:

1. Un – 3 stakan.
2. Margarin – 350 gr.
3. Smetana – 200 gr.
4. Shakar – 1 piyola
5. Tuxum – 5 ta
6. Yong‘oq – 1 stakan.
7. Qaynatilgan sut (varenniy iris) – 1 banka.
8. Razrixlitel – 1 pachka.

Tayyorlanishi:

Un bilan 300 gr. margarin uqalanadi. Smetanaga razrixlitel, 5ta tuxum sarig‘i solib, unli massaga qo‘shib xamir qoriladi. Xamir 3 zuvalaga bo‘linib, 30 daqiqa tindiriladi. 5 ta tuxum oqi 1 piyola shakar bilan bize qilinadi.

Birinchi zuvala yoyilib, ustiga bize surtib, maydalangan yong‘oq sepiladi. Va duxovkada qizargunicha pishiriladi. Qolgan zuvalalar ham shunday pishiriladi.

50 gr. margarin 1 banka iris bilan mikser yordamida aralashtirilib, krem holiga keltiriladi. Pishgan zuvalalar orasiga krem surtib, yopishtiriladi. Shu kremdan pishiriq ustiga bezak beriladi.

Yoqimli ishtaha!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 08.08.2016 14:03
- Kanal: Pazandachilik Sirlari!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog