Ko'zdan Kechirish

Tovuq go‘shtidan kotlet – hammaga birdek yoqadi!


Zarur masalliqlar: 1 kilogramm. tovuq go‘shti, 150 ml. sut, 100 gr. sariyog‘, 3 bo‘lak non, 1 dona tuxum, 1 stakan non talqoni, tuz, qora murch;sarimsoqpiyozli aralashma uchun: 150 gr. sariyog‘, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, tuz.

  1. Sarimsoqpiyozni maydalab to‘g‘rang yoki ezing. Xona haroratida eritilgan sariyoqqa solib, aralashtiring. Tuz sepishni unutmang. So‘ngra sellofanga solib, rulet shaklida o‘rang-da, 1 soatga muzxonaga qo‘ying.
  2. Non bo‘lagini sutga solib, iviting. Tovuq go‘shtining terisini olib tashlang. So‘ngra suyaklaridan tozalab, go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing. Tuxum, ivitilgan non qo‘shib, tuz, murch seping-da, aralashtiring. Qiymani 3 soatga muzlatkichga qo‘ying.
  3. Sariyog‘ni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Qiymadan olib, o‘rtasiga sariyog‘ qo‘ying-da, kotlet shakliga keltiring. So‘ngra non talqoniga belab oling. Kotletlarni eritilgan sariyog‘da qovuring. Ikkala tomonini baland olovda qizartirib olib, so‘ngra olovni pastlab pishguncha qoldiring.
  4. Kotletlarni qaynatilgan guruch va sarimosqpiyozli aralashma(qizdirilgan tovaga solib, yumshating)bilan dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

8 kishilik.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 14.10.2016 11:50
- Kanal: Pazandachilik Sirlari!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Pazandachilik Sirlari!ga » Kutubxonaga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU