«Muhabbat qahvasi» Ta’mi og’zingizda qoladi…

Zarur masalliqlar: 200 gr. un, 100 gr. margarin, 4 dona tuxum, 50 gr. mayonez, 1 st. shakar, 2 osh qoshiq kakao, 4 osh qoshiq qahva, bir quti xamiryumshatgich. Kremiga: 500 gr qaymoq, 1 st.shakar. Ichiga: 200 gr olcha jemi. Bezak uchun: 100 gr qora shokolad.

Tayyorlanishi: 1. Eritilgan margaringa mayonez va shakarni qo’shing. Bittadan tuxumni solib, atalang. Qahvani yarim piyola suvda eritib, kakao bilan bir vaqtda qo’shing.

2. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach un va xamiryumshatgichni qo’shasiz. Xamir quyuq smetana ko’rinishida bo’lishi kerak. Yog’langan pishiriq qolipiga xamirni solib, 40 daqiqaga qizdirilgan gaz pechiga qo’ying.

3. Qaymoqni shakar bilan aralashtirib, mikser yordamida ko’pirtiring. Korj pishgunicha muzlatgichga qo’yishingiz mumkin.

4. Tort korji tayyor bo’lgach, sovuting. Ikkiga ajratgach, o’rtasiga krem surtib, ustidan olcha jemini solasiz. Ikkinchi korjni joylab, tort yuzasini qolgan krem bilan bezating. 5. Shokoladni qirg’ichdan chiqarib, shirinlikni bezatishda foydalaning.

Tayyorlash vaqti: 50 daqiqa

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
436 YOQDI 3 YOQMADI
- Joylandi: 22.04.2016 22:22
- Kanal: Pazandachilik Sirlari!
Izoh Qoldirish!
o'xshamadi sirini yozmayapsizlar deyarli barchasida bir nima kam bu safargi "muhabbat qahfasi" tortizni retsepti umuman boshqacha kremga eng asosiysi jelatin yozmagansizlar iltimos aldamasdan yozilar bu yoqda ishonuvchi qizlarni qancha masaliqlari uvol bo'layapti dry
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU