Lavlagidan 5 xil salat

1. Pishloqli. 2 ta lavlagini qaynatib, yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. 2 bo‘lak sarimsoq piyozni ezing. 100 gr. pishloqni ham qirg‘ichdan chiqarasiz. Masalliqlarni aralashtirib, mayonez va tuz soling.

2. Yong‘oqli. 2 ta kichikroq lavlagini qaynating. 5 ta olxo‘ri qoqi va lavlagini somoncha shaklida to‘g‘rang. 6 dona yong‘oqni maydalang. Keyin lavlagi, olxo‘ri qoqi va yong‘oqni aralashtiring. 1 bo‘lak sarimsoq piyozni ezib, qo‘shing. Tuz sepib, mayonez solib aralashtiring.

3. Zaytun yog‘ili. 4 dona lavlagini qaynating. Keyin yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Yarim bog‘ ko‘k piyoz va kinzani maydalab to‘g‘rang. 3 osh qoshiq zaytun yog‘ini 1 osh qoshiq limon sharbati bilan aralashtirib, tuz, murch soling. Qaylani lavlagiga qo‘shib, maydalangan ko‘k piyoz va kinza soling.

4. Qizil murchli. 4 ta lavlagini qirg‘ichdan o‘tkazib, 2 bo‘lak ezilgan sarimsoq piyoz, 2 qoshiq sirka va qizil murch seping. 4 osh qoshiq qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib oling. 12 soat muzlatkichda yoki salqin joyda saqlang.

5. Olmali. 2 tadan lavlagi, sabzi va turpni qirg‘ichdan o‘tkazing. Tuz sepib, 2 osh qoshiq sirka solib, yaxshilab aralashtiring. Keyin biroz vaqt qo‘ying. Ko‘k piyoz va ko‘katlarni maydalab to‘g‘rang. 1 ta olmani qirg‘ichdan o‘tkazing. Ularni ham salatga qo‘shib, murch va ziravorlardan seping.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 01.12.2016 19:27
- Kanal: Pazandachilik Sirlari!
Izoh Qoldirish!
Siz hali ro'yhatdan o'tmadingiz shu sababdan izoh qoldirolmaysiz, iltimos besh daqiqa vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting!
waplogspywap.net
waplog