Ko'zdan Kechirish

Ko‘za sho‘rva


Kerakli masalliqlar:

1. Go‘sht – 500 gr.
2. Piyoz – 2 dona
3. Kartoshka – 3 dona
4. Sabzi – 1 dona
5. Pomidor – 1-2 dona
6. Bulg‘or qalampiri – 2 xil 1tadan
7. Sarimsoq piyoz – 5-6 bo‘lak
8. Ko‘katlar

Tayyorlanishi:

Ko‘zalarning ichiga, avval, kerakli bo‘laklarga bo‘lingan go‘sht, sabzi, kartoshka, pomidor, piyoz, sarimsoq piyoz, bulg‘or qalampirlari, ko‘katlar solinadi va tuzi rostlanadi. Ta’bingizga ko‘ra ziravorlar solsa ham bo‘ladi. Ustidan, masallliqlarni ko‘mgunicha suv solinadi. So‘ng, ko‘zalar oldindan qizdirilgan gaz duxovkasiga joylashtiriladi. Ko‘zadagi suv qaynab chiqqach, gaz duxovkasining olovi o‘rtacha pasaytiriladi. Bunda, ko‘zadagi suv miqdori kamayib ketmasligi shart. Bu ko‘za sho‘rvani, go‘shtning qattiq yoki yumshoqligiga qarab, 1,5-2 soat pishiriladi.

Taom sho‘rvasi alohida kosada va masalliqlari likopchada dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 17.06.2016 00:36
- Kanal: Pazandachilik Sirlari!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Pazandachilik Sirlari!ga » Kutubxonaga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU