Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Guruchdan gumbaz – faqat osh pishiraverasizmi?

Zarur masalliqlar: 600 gr. go‘sht qiymasi, 2 stakan guruch, 75 ml. o‘simlik yog‘i 1 bosh piyoz, 4 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 1 dona bulg‘or qalampiri, yarim bog‘ ko‘katlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Guruchni qaynoq suvga solib, 10 daqiqa iviting-da, so‘ngra sovuq suvda yaxshilab yuving. 4 stakan suv solib, qozon qopqog‘ini yopib, past olovda 25-30 daqiqa dimlang.

2. Sabzavotlarni maydalab to‘g‘rab, go‘sht qiymasi bilan qovuring. Tuz, murch qo‘shing. Pishishiga oz qolganda maydalangan ko‘katlarni solasiz.

3. Chuqurroq qolipga zar qog‘ozni joylang. O‘simlik yog‘idan surting-da, dimlangan guruchning yarmini solib, idish bo‘ylab yoyib chiqing. Keyin go‘sht qiymasini solasiz. Va qolgan guruchni bir tekis qilib yopasiz. Zar qog‘oz bilan taom ustini berkitib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo‘ying.

4 kishilik

1 soatu 20 daqiqa

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 10.10.2016 21:47
- Kanal: Pazandachilik Sirlari!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog