Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?

Shunday mamlakatlar borki, er-xotinning bir-biriga qilgan xiyonati jinoyat hisoblanib, ular qattiq jazolanadi. Quyida “Interesno.cc” nashri sizni ular bilan tanishtiradi.

Shveysariya
Yevropaning eng ajoyib mamlakatlaridan bo`lmish Shvesariyada xiyonat qilgan odam uch yilgacha boshqa odam bilan nikohdan o`ta olmaydi.

Turkiya
Bu mamlakatda xiyonat o`g`irlikdan ham yomon jinoyat hisoblanadi. 1996 yildan beri Turkiyada jinsidan qat`iy nazar xiyonat qilgan odamga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi

Eron
Bu erda xiyonat qilgan ayolni sud qilib o`tirmasdan o`ldirib yuborishadi. Eng yomoni buni ayolning eri yoki erkak qarindoshlari amalga oshiradi. Ammo erkak xiyonat qiladigan bo`lsa, jamoatchilik tanbeh bilan kifoyalanadi.

Indoneziya
Bu erning qonunlari Turkiyaning qonunidan ham o`tib tushadi. Mamlakat qonuniga binoan xiyonat qilgan odam 15 yildan kam bo`lmagan muddatga qamaladi.

Papua — Yangi Gvineya
Bu ekzotik mamlakatda nafaqat xiyonat qilganlar, balki xiyonat ko`chasiga boshlaganlar ham jazoga tortiladi. Xiyonat qilgan ayolning eri rafiqasining boshini tanasidan judo qilishga majbur, rafiqasi bilan birga bo`lgan erkakdan esa ayolning bosh barmog`ini yeyish talab qilinadi.

Xitoy
Xitoyda xiyonat qonun doirasidagi jinoyat hisoblanadi. Xiyonat qilgan odam 2 yilga qamaladi va mol-mulkining yarmi davlat foydasiga musodara qilinadi.

Vetnam
Topqir vetnamliklar xiyonatni pul keltiruvchi manba deb hisoblab, xiyonat qilgan odamdan 45-145$ jarima undirishadi. Bu mamlakatda cho`ntaging ko`tarsa, istagancha xiyonat qilishing mumkin, barcha jarima rasman, qonun doirasida to`lanadi!

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
478 YOQDI 1 YOQMADI
- Joylandi: 15.07.2016 23:02
- Kanal: Insoniyat Haqida Faktlar
Izoh Qoldirish!
juda qiziqarli yangiliklar.
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU