Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Uyquda Odamni Shayton yoki Jinlar bosishi Rostmi? yoki shu haqida!

Yarim tunda uyg'onib ketdingiz va ustingizdan kimdir bosayotganini xis qilasiz, ammo qimirlay olmaysiz va gapirolmaysiz ham. Kimdir ustingizga yotib olib qo'l-oyog'ingizni to'shagingizga mixlab qo'yganday go'yo. Shunda siz vahimaga tushasiz, ko'zingizga alla qanday narsalar ko'rinib, qulog'ingiz ostida qandaydir vahimali ovozlar yangraydi. Buni halq tilida shayton yoki jin bosishi deyiladi, Ilmiy tilda bu uyqudagi falajlik bo'lib inson miyyasi faoliyatida kamdan kam uchraydigan g'alati xodisadir. Assalomu aleykum Moqina.netning foydalanuvchilari sizlar bilan Oydin Abdullayeva. Xozir sizlarga yuqorida aytib o'tilgan xodisa xaqida ma'lumot va faktlar taqdim etamiz, demak boshladik ...

Uyqu falajligi yer yuzida yashaydigan axolining 8%da kuzatiladigan xodisa bo'lib bunda qandaydir vaqt oralig'ida mushaklar harakatlanishi batamom to'xtaydi. Bunday vaqtda gapirish, oyoq va qo'lni qimirlatish xattoki boshni qimirlatishning ham imkoni bo'lmaydi. Biroq bir maromda nafas olinib atrofdagi xodisalarni anglab turasiz. 

Uyqu falajligi asosan ilk bor o'smirlik davrida yuz beradi, Keyinchalik 20yoshdan 40yoshgacha tez tez bo'lib turadi. Ayrim hollarda 40dan keyin ham davom etishi mumkin. Uyqu falajligi nasldan naslga o'tishi yokida istagan odamning xayotida yuz berishi ham mumkin ekan.

BU QAYSI XOLATDA YUZ BERADI:
Uyqu falajligi uyqusizlikda uxlaganingizda, yani uyquyingiz kelmay o'rningizga yotganingizda, nimadandir qattiq xayajonlanganingizda, kun tartibingiz almashib qolsa va yoki chanqancha yani yonboshlab yotgan holatda uhlaganingizda yuzaga keladi. Qadimda ota-bobolarimiz buni shayton yoki jin yokida qora bosishi deb aytishgan.

FALAJLIKDAN QANDAY CHIQADI:
Yani uyqu falajligidan qanday chiqsa bo'ladi, bunday holatlarda barmoqlarni qimirlatib, qo'lni musht qilib, yoki yo'talib ko'rish orqali halos bo'lish mumkin.

Agarda siz bu yo'llar bilan holas bola olmasangiz shunday vaqtlarda yaxshi narsalarni o'ylashga harakat qiling. Uyqu falajligi insonning miyyasi uyg'onib tanasi esa uhlayotgan holatda yuz beradi. Bu falajlik eng yomon hodisalardan bir bo'lib u insonni vahimaga solib qo'yadi. Biroq inson organizimi uchun hafsizdir, Biroq shunga qaramay bunday holat tez-tez yuz berishi insonni uyqu buzilish kasaligiga olib kelishi mumkin. 

ENDI FAKLTAR:
- Uyqu falajligi inson uhlashni boshlaganida yoki uyqudan uyg'onmoqchi bo'lganida yuz beradi.
- Uyqu falajligida inson atrofidan gumburlash yoki portlashga o'xshagan ovozlar eshtiladi.
- Ayrim hollarda quloq ostida kimningdir vahimali shivirlashlari yoki qandaydir gaplar anniq eshtiladi.
- Yana ayrim hollarda yuqoridan yani ustingizga kimdir chiqib qattiq bosishis eziladi, buni natijasida nafas olish qiyinlashadi. Bunday holatlarda inson tutqanoq kasaligiga chalinishi ham mumkin.
- Uyqu falajligi vaqtida katalarning takidlashicha duo o'qish, kalima keltirish, uyhlashdan oldin taxorat olish ham foyda berar ekan. Agar sizda bunday holat tez tez takrorlanib tursa darhol shifokorga murojat qiling.
 

Hurmatli foydalanuvchi yuqorida aytganimizday bu hodisa 8% insonda bo'lishi mumkin, agarda sizda ham shunday holatlar yuz bergan bo'lsa izohda yozib qoldiring. Bunday holatlarni bilish biz uchun ham qiziqdir. Sevimli portalingizdan uzoqlashmang bizda sizga atalgani hali ko'p!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 20.05.2016 21:48
- Kanal: Insoniyat Haqida Faktlar
Izoh Qoldirish!
Menda ham bunday holat tez tez bo'ladi. Shu payt kalimani aytaman keyin o'tib ketadi
E manda bazida shunaqa shunaqa bo‘ladi, qimrlayolmi qimrlayolmi qolaman.qolaman kyn yig‘liman
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog