Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Uy vazifalari bolalar uchun zararli deb topildi

“Biz uyga berilgan vazifalar bolalarga maktabda yaxshi o'qishlari uchun yordam berishi to'g'risida hech qanday isbot topmadik”, - deydi Dyuk universiteti professori Xarris Kuper. Bu fikr uy vazifalarini yoqlagan kishilarni ham, unga qarshi chiqqanlarni ham birdek hayratda qoldirdi.

Bu nimani anglatadi? Nahotki, uyqusiz tunlar va daryodek to'kilgan ko'z yoshlar bari bekor bo'lsa? Uy vazifalarisiz maktabda ta'lim bo'lmaydi, degan fikr ongimizga shu qadar joylashib olganki, xattoki ko'plab yoshi katta insonlar uning hayotimizdagi beqiyos o'rni haqida shubhaga borishga qo'rqishadi.

Faktlar nima deydi? Chinndan ham jajjigina o'quvchilarni qiynash shartmi? Ma'lum bo'lishicha, boshlang'ich sinf o'quvchilari sinfdagi dars jarayonida ma'lumotlarni tez qabul qilib, yashxi baholar olishar ekan. Uyga berilgan qo'shimcha darslar esa biz farzandlarimizdan tortib olayotgan qimmatbaho vaqtga teng. Tadqiqot hulosasi shuki, boshlang'ich sinfdagi bolalarga uyga beriladigan vazifalar kerak emas. Bu fikrga Arizon universiteti o'qituvchisi Etta Krelovek ham qo'shilmoqda. Hattoki, o'rta maktablarda ham uy vazifalar kamroq natija beradi.

Yuqori sinfdagilar uchun esa uy ishilar yaxshi foyda berishi mumkin, biroq uning ham o'z me'yori bor. Masalan, qaytarish uchun 4 soat vaqt sarflovchi o'quvchilarga nisbatan 1,5 soat vaqt ajratuvchilarda o'zlashtirish kuchliroqdir. Fantastika!

Bu natijalar noto'g'ri kuzatuvlar natijasi, deb o'ylashga shoshilmang. Kuper 1989 yilda 120 ta va 2006 yili yana 60ga yaqin tadqiqotlar o'tkazib, baribir uy vazifalrining ijobiy va afzal tomonlarini topa olmadi. Biroq, ular bolalarda maktabga nisbatan salbiy munosabat uyg'otishi mumkinligini aniqladi.

Shu holat kishini havotirga soladi. Maktabda endigina ta'lim olishni boshlagan bola o'zida o'qishga nisbatan muhabbatni shakllantirishi lozim. Ammo uy vazifalari uni maktab va ilmdan butunlay ko'ngli sovishiga sabab bo'ladi. Bolalar bog'cha paytidayoq 11 yoshda kuzatiladigan o'qishga nafrat ko'zi bilan qarashga olib keluvchi tinimsiz mehnat” davrini boshdan kechirishmoqda.

Minglab oila har oqshom uy vazifasi ustida bir-biri bilan tortishadi. Ota-onalar majburlab, ko'ndirishga harakat qilishadi. Horg'in bolalar esa norozi bo'lib, baqirishadi. Kun so'ngida bir-birlarini qo'llab-quvvatlash o'rniga, miyaga o'rnashib olgan quyidagi savolni berishga odatlanib olishadi: Uy vazifangni bajardingmi?”

Bolalar kattalarning yordamiga hamisha muhtoj. Biroq kattalar ko'magini ola turib, ular patruldagi politsiyachi” rolini o'ynovchi ota-onalariga suyanib ish ko'rishga odatlanib qolishadi. Doimiy baqir-chaqir va mojarolar esa uy vazifasining asosiy maqsadi hisoblangan ma'suliyatga putur yetkazadi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 17.03.2016 11:33
- Kanal: Insoniyat Haqida Faktlar
Izoh Qoldirish!
Ajoyibu g'arayib
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog