Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Sochingiz qaysi turga mansub? Farqlashni o‘rganing!

NORMAL  SOChLAR

Qanday bo‘ladi?

•          Quyosh nurida jilolanadi, yaltiraydi;

•          Soch tolasi “gullamaydi”;

•          Oson taraladi;

•          3 kun davomida kirlanmay, hajmini saqlaydi.

Sochingiz normal turga kirsa ham, bu sog‘lom degani emas. Ular ham parvarishga muhtoj.

Qanday yuviladi?

Normal turdagi sochlarni 4-5 kunda bir yuvish tavsiya etiladi. Lekin bu qat’iy vaqt oralig‘i degani emas, soch va bosh terisi holatiga ko‘ra yuvish oralig‘ini kamaytirish yoki uzaytirish mumkin.

Qaysi shampun to‘g‘ri keladi?

•          Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

•          Kuchli tozalovchi shampunь

•          2tasi 1da shampun va konditsioner

•          Hamma turdagi sochlar uchun shampun

•          Normal turdagi sochlar uchun shampun

QURUQ SOChLAR

Qanday bo‘ladi?

•          Rangi xira bo‘lgani uchun yaltiramaydi;

•          Oson chigal bo‘ladi, tarash qiyin;

•          Uchi “gullaydi”;

•          Sinuvchan;

•          Yaxshi jihati, bir hafta davomida tozadek ko‘rinadi.

Qanday yuviladi?

Quruq sochlar ko‘p ham kirlanmaydi, 5-7 kunda bir marta yuvsa bo‘ladi. Bu turdagi sochlarni parvarishida balzamlardan foydalanish quruqlikni bartaraf etishda yordam beradi.

Qaysi shampun to‘g‘ri keladi?

•          Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

•          Kuchli tozalovchi shampun

•          2tasi 1da shampunь va konditsioner

•          Hajm beruvchi shampun

•          Quruq va sinuvchan sochlar uchun shampun

YoG‘LI SOChLAR

Qanday bo‘ladi?

•          Xira;

•          Yaltiraydi, lekin yog‘lar hisobiga;

•          Tez kirlanadi;

•          Yuvilganidan bir kun o‘tib, sochlar yopishib qolaveradi;

•          Soch turmagi uzoq saqlanmaydi.

Qanday yuviladi?

Sochlarni har kuni yuvish tavsiya etilmasa-da, yog‘li soch egalarining boshqa choralari qolmaganidan shunday qilishga majbur bo‘lishadi. Kun ora yuvgan ma’qul. Yog‘li sochlarni yuvishda suv harorati pastroq bo‘lishi lozim. Chunki issiq suv bosh terisida yog‘ ajralib chiqishini yanada oshirib yuborishi mumkin.

Qaysi shampun to‘g‘ri keladi?

•          Kundalik foydalanish uchun mayin shampun

•          Kuchli tozalovchi shampun

•          2tasi 1da shampunь va konditsioner

•          Yog‘li sochlar uchun shampun

•          Balьzamdan ko‘p foydalanish yog‘lilik darajasini oshiradi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 10.10.2016 21:48
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot, Insoniyat Haqida Faktlar
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog