Olimlar miyaning matematik misollarni qanday yechishiga doir tadqiqot o’tkazishdi

Karnegi-Mellon Universiteti tomonidan o’tkazilgan yangi tadqiqot inson miyasining murakkab matematik misollarni yechishda qanday ishlashini ko’rsatdi. Olimlar bunda neyrovizualizatsiya – turli uslublar yordamida miyaning tuzilma, funksiyalar va biokimyoviy xususiyatlarini vizuallashtirishga muvaffaq bo’ladigan yondashuvdan foydalanishdi. Tadqiqotga doir tafsilotlar Psychological Science jurnalida taqdim etilgan. 

Tadqiqotning yetakchi muallifi Jon Anderson anglash umumiy nazariyasini ishlab chiqib hamda uni saboq byerishda qo’llab, anchadan beri ta’lim sohasida inqilob qilishga harakat qiladi. Uning fikricha, hozir shunga maksimal darajada yaqin. Uning ilmiy ishidagi xulosalaridan yangi o’quv dasturlarini yaratishda foydalanish mumkin.

Mazkur tadqiqotda 80 nafar ko’ngilli ishtirok etdi. Ularga matematik misollarni yechimini topish taklif qilindi, bu paytda ularning miyasi funktsional MRT yordamida skanerga tushirildi. Olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, yechimni izlash to’rtta bosqichdan iborat – kodlash, rejalashtirish, yechim va javob. Har bir bosqich murakkablik darajasiga qarab davom etgan: uzoq hisob-kitobni talab qilgan misollarda eng uzoq vaqt yechim bosqichiga sarflangan, tayyorgarlikni talab qiluvchi misollarda – rejalashtirish bosqichi.

Olimlarning so’zlariga ko’ra, fikrlashning asosini tashkil qiluvchi jarayonlarning ketma-ketligini tushunib yetish o’qitishning yangi usullarini yaratishda yordam beradi, deb yozadi “Kun”.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
519 YOQDI 2 YOQMADI
- Joylandi: 24.07.2016 00:13
- Kanal: Insoniyat Haqida Faktlar
Izoh Qoldirish!
Qoyil lekin
!Javob Mohina 16:58
Wunaqa deng
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU