Ko'zdan Kechirish

Qumga ko'milishning foydasi


–  Avgust oylarida qumga tushish mavsumi boshlanadi deb eshitgandim. Bir tanishim «Siz ham boring, qo`l – oyoqlardagi og`riqlardan halos bo`lasiz, teri muammolari ham yo`q bo`ladi» dedi. Chindan ham shundaymi? Qumga ko`milish qanday naf berishi haqida ma`lumot bersangiz?

Mahmuda Mansurova, Toshkent viloyati

Savolga «Turon» Fanlar akademiyasi faxriy a`zosi Tursun Ali Muhammad javob beradi: 

–  Iqlimimizda namlik borligini bilasiz. Namlik sekin-asta badanga kirib boradi va kishini betob qilishi mumkin. Namlik xo`l sovuq hisoblangani bois uning davosi quruq issiqlik ya`ni shifobaxsh qumlardir. Qum quruq issiqlik bo`lib, namlikni badandan ter bilan birga chiqarib yuboradi. Qumli muolaja uchun avgustning o`n beshinchisidan sentyabrning o`n beshinchi sanasigacha  bo`lgan davr tavsiya etiladi. Qumga tushishdan avval albatta qon bosimini o`lchatib olish zarur. Issiqlikning yuqori darajasi qon bosimini ko`tarib yuborishi mumkin. Qumga tushishdan avval, qumning yuzasini ariqcha shaklida ochib, 5-6 daqiqa ariqchada yotib ko`rasiz. Ahamiyat bering, qum zarralari badaningizning qayeriga yopishgan bo`lsa o`sha sohaga nam o`tgan. Bu tananing aynan shu qismlariga e`tibor qaratish kerakligini anglatadi. 10-15 daqiqalik qum muolajasini soat 11:00 dan 13:00 gacha, 15:00 dan 17:00 gacha 5-6 marta bajarasiz. Faqat oyoqlaringizning o`zi bezovta qilsa, qumli muolaja oyoqlarning o`zida o`tkaziladi. Qumda bo`lganda boshingizga soyabon olvoling. Yoningizda iliqroq choy solingan idish bo`lgani ma`qul. Qumdan chiqqach, tushlikka qovurma taomlar eyiladi. Qovun-tarvuz, meva, har xil sharbat va ichimliklar mumkin emas. Qumga uch yoki besh kun tushiladi. Muolaja tugamagunicha yuvinib bo`lmaydi. Yo`qsa yana namlik yig`ilishi mumkin.

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 23.08.2016 19:59
- Kanal: Insoniyat Haqida Faktlar, Xayotiy Maslahatlar!, Sevgi (Fakt va Maslahati), Yigitlarga Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Tori iwansa boladi
Iwoniw qiyin
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Insoniyat Haqida Faktlarga » Kutubxonaga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU