Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Olimlar ajrimlar ko‘proq qaysi oylarga to‘g‘ri kelishiga doir tadqiqot o‘tkazishdi

Vashington universiteti tadqiqotchilari Amerika oilalarida ajrimlar ko‘proq qaysi oylarga to‘g‘ri kelishini aniqlashdi. Bu haqida Eurekalert ma’lum qildi, deb Kun.Uz yozmoqda.

2001-2015 yillarda Vashington shtatida rasmiylashtirilgan ajralishga doir hujjatlarni o‘rganib chiqqan tadqiqotchilar ajrimlarning aksariyat qismi mart va avgust oylariga to‘g‘ri kelishini aniqlashdi.

Olimlar bunday statistikani qishki va yozgi ta’tillar bilan bog‘lashmoqda.

“Ko‘pchilik insonlar ta’tildan nimadir kutishadi, juftliklar boshqa bir hayotiy bosqichga o‘tish imkoniga ega bo‘lishadi. Qaysidir ma’noda bu optimizm davri”, – deya izohlaydi Juli Brayns.

Olimlarning fikricha, ta’tillarini ko‘ngildagidek o‘tkaza olmagan juftliklarda afsuslanish holatlari kuzatiladi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar aksariyat ajrimlarning mart va avgust oylariga to‘g‘ri kelishini o‘quv yilining boshlanishi va tugallanishi hamda bayramlardan keyin moliyaviy ahvolni tartibga keltirish bilan bog‘lashmoqda.

Sotsiologlar AQShning boshqa shtatlaridagi, xususan, Ohayo, Minnesota, Florida va Arizonadagi statistikalarni ham tahlil qilib, ularda ham xuddi shunday xulosaga kelishdi. Ular tadqiqotni davom ettirib, ajrimga retsessiya, ipoteka va oila a’zolarining bandligi qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganib chiqishni rejalashtirishmoqda.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog