Ko'zdan Kechirish

Ko‘z qizarganda 10 chora


  • Nega ko‘zingiz qizaradi? Qachon: ertalabmi yoki ish jarayonidan keyinmi? Savollarni o‘ylab ko‘ring. Ko‘zdagi qizillik ko‘z kasalliklari, shamollash, allergiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
  • Ko‘z shilliq qavati quruqlashib qolsa ham, qizillik yuzaga keladi. Ko‘zda qichishish kuzatilsa, bezovtaliklardan darak bo‘ladi. Shuningdek, konditsioner, tamaki tutuni, havo namligining me’yorda emasligi kabilar ham ko‘z qizarishini keltirib chiqaradi.
  • Bezovtaliklarni bartaraf etishda ko‘z tomchilaridan kamroq foydalaning. Iloji bo‘lsa,  faqat shifokor buyurganlarinigina tanlang. Chunki muntazam tomchilardan foydalanish aks ta’sir ko‘rsatib, turli muammolarga sabab bo‘ladi.
  • Ko‘z qovoqlarini pardoz vositalaridan tozalab olgach, issiq-sovuq vanna qiling. Buning uchun paxta bo‘lagini avval qaynatib ilitilgan suvda namlab, ko‘z ustiga bosib turing. 2 daqiqadan so‘ng sovuq suvda namlangan paxta bilan alishtiring.
  • Uyquga yotishdan oldin ko‘z ustiga ko‘k choy damlamasidan kompress qiling. 2-3 daqiqalik kompres ko‘z tomirlariga ijobiy ta’sir etadi.
  • 1 osh qoshiq ittikanak (chereda) ni 1 st. qaynab turgan suvga damlang. Iligach, dokadan o‘tkazing. So‘ng ko‘z ustiga kompress sifatida foydalanishingiz mumkin. Bu usul ayniqsa allergik holatlarda asqotadi.
  • Paraklangan barra bodring ham ko‘zlar uchun foydali. Ko‘z terisini oziqlantirib, namlantiradi. Qolaversa, kunning istalgan vaqti bajarish mumkinligi bilan  ham qulay.
  • Kun davomida ko‘proq suyuqlik iching. Ammo gazlangan bo‘lmasin. Na’matak, ko‘k choy, meva sharbatlari ayni muddao.
  • Ko‘z toliqishi  yuzaga kelmasligi uchun ish vaqti kichik tanaffus qilishga odatlaning. Bunda ko‘z uchun turli mashqlarni bajarish mumkin. Masalan, nigohni keskin boshqa narsa yoki holatga qaratish.
  • Ko‘cha-kuyda quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklardan foydalaning. Bu nafaqat ko‘zlar balki ko‘z atrofidagi teri uchun ham asqatadi.
Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 14.10.2016 11:53
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot, Insoniyat Haqida Faktlar
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Insoniyat Haqida Faktlarga » Kutubxonaga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU