Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Didsizlik belgilari: Kiyinishda yo‘l qo‘ymaslik shart bo‘lgan besh qoida

Go‘zal opa-singillarimiz so‘nggi urfda kiyinishga harakat qilarkanlar, muvaffaqiyatsiz ekani oldindan aniq va kishining didsiz ekanini bildirib qo‘yuvchi uyg‘unliklardan tiyilishga harakat qilishi lozim.

Qoploncha print

Ko‘plab taniqli dizaynerlarning kolleksiyalari jonivorlarning terisi uslubidagi matolardan tayyorlangan liboslar muntazam uchrab turadi, biroq kundalik hayotda bunday kiyim kamdan-kam holatlarda egasiga obro‘ keltiradi.

Masalan, «qoplonli» tufli sotib olayotganingizda uni nima bilan va qaysi joyga kiyib bora olishingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Yana, bu tufli shkafingizdagi liboslaringizga mos tushadimi-yo‘qmi, bu ham bir masala.

Boshqa o‘lchamdagi kiyim

Bir o‘lcham kichkina futbolka qomatning barcha kamchiliklarini omma e’tiboriga havola qiladi, bir o‘lcham katta pidjak esa ustingizda osilib, xuddi turmush o‘rtog‘ingiz kostyumini kiyib olgandek tasavvur uyg‘otadi. Liboslarni sotib olishdan avval ularni kiyib, o‘lchamlari mos kelishini albatta tekshirib ko‘ring.

Brendlarning yirik nomlari

Taniqli dizaynerlar hech qachon katta qilib Versase, Dolse & Gabbana, Dior va hokazo yozuvlar tushirilgan kiyim chiqarmaydi. Faqat xitoylik mayda ishlab chiqaruvchilar shunday qilishi mumkin va, stilistlarning fikricha, bu juda arzon va didsiz ko‘rinadi.

O‘ta yaltiroqlik

Sun’iy qimmatbaho toshlar va yaltiroq biserlar bilan jilolangan oqshom libosi kechki bazmlarda o‘zgacha bir tarovatga ega bo‘lar, biroq kunduzi yaltiroq ko‘ylak biroz beo‘xshov ko‘rinadi desak, ishonavering.

Noo‘rin kolgotkalar

Teringiz rangiga mos kapron kolgotkalarni sotib oling. Ochroq rangli terida jigarrang kolgotkalar yoki qoraygan oyoqlarda oq kolgotkalar juda bir notabiiy ko‘rinadi.

Bu — o‘z tashqi ko‘rinishingizni tartibga keltirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarning bir qismi, xolos. Eng asosiysi — har narsaning me’yori yaxshi, shuni yoddan chiqarmang. Mabodo bunga shubha qilsangiz, klassikaga murojaat qiling — bundan hali hech kim yutqazmagan.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 16.10.2016 11:01
- Kanal: Qizlarga Maslahat, Ayollarga Maslahat!, Insoniyat Haqida Faktlar
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog