Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Uzoq umr ko‘rish sababi aniqlandi

Italiyalik olimlar inson hayotini uzaytiradigan omilni aniqladi, deb yozadi EurekAlert! nashri. Bu yaxshi mikrotsirkulyatsiya — to‘qimalarga qon tarkibidagi moddalarning yetkazib berilishi bo‘lib chiqdi.

Olimlar o‘rtacha yoshi 92 ga teng bo‘lgan, uzoq umr ko‘ruvchi kishilarni kuzatdi. Ularning organlari qon bilan ta’minlanish darajasi ulardan 30 yosh kichik kishilardagi kabi yaxshi bo‘lgan. Mutaxassislar buning sababi sifatida qondagi adrenomedullin gormoni miqdorining kamligini keltirmoqda.

Ushbu peptid miqdori yuqori bo‘lgan odamlarda mikrotsirkulyatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan va qon bosimiga ta’sir o‘tkazadigan ko‘rsatkichlar, birinchi navbatda vazolidatsiya (silliq muskullar tonusining tushishi) va qon tomirlari butunligi, unchalik yaxshi darajada bo‘lmagan.

Inson hayotining uzoq davom etishini ta’minlovchi asosiy omillar genetik moyillik, jismoniy faollik va ovqatga bo‘lgan mayl xarakteri hisoblanadi. Yangi tadqiqot esa yana bitta ko‘rsatkichni aniqladi, deb ma’lumot beradi “Daryo” nashri.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 07.09.2016 12:43
- Kanal: Xayotiy Maslahatlar!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog