Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Sizni tashlab ketgan qizni qanday qaytarsa bo'ladi?

Bugun Moqina.Net'da Rossiyalik mashxur trener Mixail Shirin arazlab ketgan mahbubangizni qaytarish imkoniyatlari haqida gapirib beradi. Mixail buzilgan munosabatlarni tiklash bilan shug’ullanadi va bunday vaziyatlarga tushmaslik uchun nima qilish kerakligini boshqalardan ko’ra ko’proq biladi.

Qaytarish jarayonini 5 toifaga  bo’lish mumkin.

1.Davomli munosabatlar, “ ahvol birdaniga yomonlasha boshladi”.

Davomli - bu 1 yil va undan ko’proq. Mening tajribamda  ko’pincha 3 yil va undan  ko’proq. Nima uchun aynan shunday vaqt chegaralari ekanligini keyinroq tushuntirib beraman.

Aslida ahvol asta - sekin yomonlasha boshlaydi. Biroq mening mijozim bu narsani sezmaydi, buni vaqtinchalik qiyinchilikka  yo’yadi  va uni yengib  o’taman deb, o’ylaydi. Qiyinchiliklar kundan-kunga  ko’payib  borayotganiga ahamiyat bermaydi. Yo’q, odamlarni  so’qir  demoqchi emasman, shunchaki ular sekin-astalik bilan  bo’layotgan  o’zgarishlarni sezishmaydi. Masalan, biz  ulg’ayotganimizni, qariyotganimizni sezmay qolamiz, eski  va yangi fotosuratlarni solishtirganda-tafovutni  ko’rib, hayron qolamiz. Shunga  o’xshab, inson  o’z munosabatlarini tahlil qiladi - ehh, bir yil oldin hammasi yaxshi edi-ya, endi esa bunday ahvol.

 

Natijada mushkul vaziyat yuzaga keladi. Odatda bu katta janjal (ba’zan  ketma-ket bir necha marta); ba’zan bu qizning ajoyib kunlarning birida ketayotgani (ajrashayotgani) haqidagi qarori, ba’zan bu ochiqdan-ochiq xiyonat  bo’lishi mumkin. Shundan keyin erkak bu muammoni 1-2-3 oylar davomida  qo’ldan kelgancha hal qilmoqchi  bo’ladi. Vaziyat yana ham chigallashadi va shunda u  mutahassisga murojaat qiladi. “Doktor, ahvolim chatoq, yordam bering. Shunday qilingki, muammo ertagayoq hal  bo’lsin”.

Bunday vaziyatda maqsadga erishish imkoniyati - 30%. Agar boshqasiga ketib qolgan bo’lsa, unda vaziyatga qarab o’zgaradi. Sevgan qizingiz ketishdan ancha oldin boshqasini sevgan va sizlarni solishtirgan bo’lsa, ham qalbi, ham aqli bilan unga ishonsa, uni qaytara olish imkoniyating -10%. Agar jahl ustida ketgan bo’lsa, ya’ni  duch kelgan odamga, unda aksincha, imkoniyatlar 40-50% ga oshadi. Faqat bu ish 6 oy va undan  ko’proqqa cho’zilishi mumkin.

 

2. Juda qisqa munosabatlar, “ahvol birdaniga yomonlasha boshladi”.

“Juda qisqa munosabatlar”- bu 4-6 oygacha  bo’lgan muddat. Ba’zan 1 oygina davom etgan  bo’lishi ham mumkin.

Birinchi toifadan farqli  o’laroq, bu yerda voqealar tezkor ravishda sodir  bo’ladi  (bir oydan ham kamroq); shuning uchun odam munosabatlarga jiddiy putur yetkazishga ulgurmaydi. Balkim qiz munosabatlarga  to’liq kirishib keta olmagandir, shuning uchun qadriga ham yetmaydi. Bunday munosabatlarda qiz  yo “sevib qolishga ulgurmagan”, yoki “yoqtirmay qolishga ulgurgan”. Buning sabablaridan biri-ishonchni oqlamagan erkak, ya’ni yigit munosabatlarning “sovg’a-salom” davridagi kabi emas, boshqacha ekanligi ma’lum  bo’ladi. Ikkinchi sababi - erkak qadr-qimmatining  yo’qolishi.

Imkoniyatlar darajasi - 10-70%. Aniq bir narsa deyish qiyin. Har bir munosabatda vaziyat har-xil. Lekin shuni aytib o’tish kerakki, munosabatlar qanchalik uzoq davom etsa, imkoniyatlar ham shunchalik yuqori  bo’ladi.

 

3. Qisqa munosabatlar, “ahvol birdaniga yomonlasha boshladi”.

“ Qisqa munosabat”- ya’ni 6-12 oy.

Bunday toifada qiz munosabatlarga kirishib ketishga ulguradi va uning qadriga yetadi. Yigit esa ahvol yomonlashayotganini sezishga ulguradi va mendan yordam so’raydi. Bu yerda muammo qadr-qimmat muvozanatining buzilishi bilan bog’liq, shuning uchun vaziyat ancha mushkullashadi.

Imkoniyatlar darajasi ajralishning sabablariga qarab, 50-70% ni tashkil qiladi. Qadr-qimmat muvozanatining buzilishi bilan  bog’liq bo’lsa 50% ga yaqin, ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq  bo’lsa 70% ga yaqin.

 

4. Qisqa munosabatlar, “muammolar boshlandi”.

Bu yerda gap qaytarish haqida emas, chunki munosabatlar qisqa  bo’lganligi bois, qiz  hali ketishga ulgurmagan. Bunday vaziyatda muammolar ayriliqqa sabab bo’lmasligi uchun men mijozimga munosabatlarni to’g’ri qurishni o’rgataman. Muammolardan yana biri-qiyinchiliklarni yengish uchun  yoshlarda chidamlilik yetishmaydi, lekin harakat qilsa, hammasi yaxshilik bilan tugaydi. Kamdan-kam hollarda, qiz munosabatlarni qurishga noloyiq bo’ladi va men mijozimga u bilan ajrashishni tavsiya qilaman.

Imkoniyatlar - 80%.

 

5. Davomli munosabatlar, “ muammolar boshlandi”.

Yigit qiz bilan munosabatlari xursand qiladigan darajada emasligini sezib, mening huzurimga keladi. Hozircha ajralish haqida gap bo’lishi mumkin emas, biroq ularni baxtli, deb ham  bo’lmaydi. Bu eng oddiy hol va ularni yarashtirish men uchun juda maroqli ishdir.

Imkoniyatlar - 99%.

 

Oddiy haqiqat: muammoni sezish bilanoq harakat qilish lozim, cho’zgan sari vaziyat mushkullashaveradi. Agar siz  o’zingiz uzoq davom etgan munosabatlaringizga nazar-pisand qilmasdan qarasangiz, harakat qilmasangiz, hech kim sizga yordam bera olmaydi.

 Shuning uchun  oylab  ko’ring  va imkoniyatlaringizga baho bering.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 09.03.2016 23:38
- Kanal: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Izoh Qoldirish!
harakat qilamiz lekin hohish tugafandi oylashim kere!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog