Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Ko’ngil og’riganda…

Kimnidir o’ylab ko’nglingiz og’riganda — qo’ng’iroq qiling yoki xat yozing. Ishlari qandayligini biling. Ko’ngil bekordan-bekor og’rishi mumkin emas.

Odamlar orasida sirli aloqa mavjud bo’lib, fan bilan o’rganilmagan, oz-moz ta’riflangan. Ancha yil ko’rmagan bir odamni eslasang — paydo bo’ladi. Kimgadir qo’ng’iroq qilishni boshlasang, sening raqamingni shu zahotiyoq kimdir teradi.

Tushingda ko’rib — o’ngingda ko’rasan yoki o’sha odam haqida biron narsa eshitasan. Yuraklar bir hil payt ma’lumot o’tkazuvchilarisiz suhbatlashishadi. Ko’gil havotiri ham bekorga bo’lmaydi — balki yomon narsa sodir bo’lmagandir. Balki havotirlanishga asos yo’qdir…

Ammo shu odamni nimadir bezovta qilib qiynaydi. Va u biz haqimizda yaqin bo’lmasak ham esladi. Qarindosh ham qadrdon do’stlar ham emasmiz.

Hech nima shunchaki bo’lmaydi hamma narsada ma’no bor, ba’zan yashirin va tushunarsiz. Qo’ng’iroq qilishning imkoni yo’q bo’lsa, shu odam haqida yaxshi o’ylang. Va unga yaxshilik tilang. Yoki u uchun duo qiling, agar bilsangiz. Bu qanday ta’sir qiladi — men bilmayman.

Hech kim bilmaydi. Ammo yaxshi ta’sir qilishi kerak — yaxshi ko’rish masofadan turib tuzatadi. Shaxsan men ham kimnidir o’ylab ko’nglim og’riganda shunday qilaman. Ammo ko’ngil nimaligi ham fanga ma’lum emas.

Ammo ba’zan og’riydi, demak — bor…

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 12.07.2016 22:08
- Kanal: Sevgi (Fakt va Maslahati)
Izoh Qoldirish!
*)
Ajjjoyib biggrin
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog