Ko'zdan Kechirish

Tuxum va sut mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash qoidalari


Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pchiligimiz sut mahsulotlari va tuxumni to‘g‘ri saqlamas ekanmiz. Shuning uchun ular tezda buzilib, biz ularni aynigan ekanligiga shubhalanmasdan iste’mol qilamiz. Balki oramizda ularni to‘g‘ri saqlaydiganlar ham bordir, biroq ko‘p hollarda biz bu mahsulotlarni yanglish tarzda sovutkichning ular uchun mos bo‘lmagan javoniga joylashtirib qo‘yamiz. Doktor Komarovskiy bunday mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash haqida hikoya qiladi. Buni bilish muhim, chunki sut mahsulotlari va tuxum deyarli har bir xonadonda mavjud va ko‘pincha biz bu mahsulotlarni bolakaylarga beramiz.

Sut

Sutni albatta 5 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash lozim. Shuning uchun uni sovutkichning eshigiga joylashtirish noto‘g‘ri. Chunki sovutkichning bu qismida harorat har doim balandroq bo‘ladi va biz uning eshigini ochganimizda unga xonadagi issiq harorat ham kiradi. Shuning uchun uni uzoqroqdagi tokchada saqlang. Qolaversa, sutni bir haftadan ortiq saqlamang.

Pishloqlar

Qattiq pishloqlar sut kabi muzdek haroratni talab qilmaydi. Agar pishlog‘ingiz yaxshi o‘ralgan bo‘lsa, uni sovutkichning istalgan qismida uch-to‘rt haftagacha saqlash mumkin.

Tvorog

Tvorogni zinhor bir haftadan ortiq saqlash mumkin emas. Shu bilan birga ularni ham xuddi sut kabi sovutkichning o‘rtaroq qismida joylashgan javoniga joylash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yogurt

Yogurt qanday qutida, xoh u qopqoqli karton quti yoki yumshoq paketda saqlanmasin, uni bir haftadan ortiq saqlash mumkin emas. Sovutkichda uni sutning oldiga joylashtirish kerak.

Tuxum

Tuxumni qanday saqlashni bilish juda muhim. Axir sovutkichning eshigida joylashgan chuqurchalar aslida ularni to‘g‘ri saqlash uchun mos kelmaydi. Tuxumlar aynib qolmasligi uchun ularni xarid qilingan moslamada sovutkichning o‘rta yoki yuqori javoniga va iloji boricha uning devoriga yaqinroq joylashtiring. Tuxumni eng sovuq joyda ham uch haftadan ortiq saqlash mumkin emas.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 19.07.2016 14:15
- Kanal: Boshqa Foydalilar!, Ro'zg'or Maktabi!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Ro'zg'or Maktabi!ga » Maslahatlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU