Ko'zdan Kechirish
Mikroto‘lqinli pechga solish mumkin bo‘lgan 5 ta kutilmagan narsa


Agar siz mikroto‘lqinli pech faqat isitish va unchalik qiyin bo‘lmagan taomlarni tayyorlash uchun ishlatiladi deb o‘ylasangiz, unda adashasiz. Turmushda bu anjomning qiyosi yo‘q.

  1. Skotch yoki izolenta

Polipropilen tasmalar vaqt o‘tishi bilan dag‘allashadi va o‘z yopishqoqligini yo‘qotadi. Lekin ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Skotch yoki izolentani 800–1 000 Vt quvvatda 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

  1. Maydalovchi taxta

Baliq yoki go‘shtni maydalaganingizdan keyin taxtani, ayniqsa yog‘och taxtani dezinfeksiyalash kerak. Buning uchun unga limon bo‘lagini ishqalang va 500–800 Vt quvvatda 10-20 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

  1. Depilyasiya uchun mum

Xuddi shunday nuqtai-nazardan mumni depilyasiya uchun eritish mumkin. Odatda bu suv bug‘ida yoki idishni batareya ustiga qo‘yish orqali qilinadi. Lekin buni mikroto‘lqinli pechda osonroq va tezroq bajarish mumkin.

  1. Kipriklar uchun tush

Sevimli tushingiz deyarli bo‘yamay qolgan va kipriklaringizdan tushib ketayaptimi? Xafa bo‘lmang!

Mikroto‘lqinli pech yordamida tushlarga ikkinchi hayot bag‘ishlashning ikki yo‘l bor.

Yopilgan tush idishini pech ichiga 500–800 Vt quvvatda 10 soniyaga qo‘ying.  Diqqat! O‘ram ustida hech qanday metall zarralari yo‘qligiga ishonch hosil qiling, aks holda o‘ram portlab ketishi mumkin.

Tush cho‘tkasini olib qo‘ying, ochiq tush idishini va kichkina idishdagi suvni xuddi shu quvvatda 5-10 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

  1. Qotgan non

Qotgan non bo‘laklarini tashlab yuborishga shoshilmang. Qog‘oz sochiqni ho‘llang va yaxshilab siqing. Qurigan non bo‘laklarini unga o‘rang va 10-15 soniyaga pechga qo‘ying. Bunda pechni eng yuqori quvvatga qo‘ying.

Поделись с друзьями:
- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 08.09.2017 10:39
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Имя:
Почта:
Код:

Рекламаlower
НАЗАД
ГЛАВНАЯ