Ko'zdan Kechirish
Kiyimdagi dog‘larni ketkazamiz!


Dam olish kunlari ayollarning «sevimli mashg‘uloti» nima ekanini bilasizmi? Albatta kir yuvish, dazmol qilish-da! Ayniqsa, kiyimlardagi turli dog‘larni aytmaysizmi, bir-biridan o‘taman deydi-ya! Ba’zan uddaburon bekalar kiyimlardagi turli-tuman dog‘lardan qanday xalos bo‘lishni bilmay qolishadi. Shuning uchun, keling, kiyimdagi dog‘larni yo‘qotishning yangi usullari bilan tanishtiramiz.

Yog‘li ovqat dog‘i

Yog‘li ovqatning dog‘ini yo‘qotish uchun avval matoni ushlab ko‘ring. Agar matodagi yog‘ qo‘lingizga surkalsa, demak, izi qolmaydi. Bordiyu aksi bo‘lsa, bilinar-bilinmas dog‘ qolishi mumkin. Yog‘ning dog‘ini ketgazish uchun uning ustiga quruq talk seping. So‘ngra matoning ustiga oq qog‘oz yopib, issiq dazmol bosing. Matodagi yog‘ qog‘ozga shimiladi. Keyin yarim osh qoshiq tuzga 3 osh qoshiq navshatir spirtini aralashtirib, dog‘ ustidan surting. Bir necha daqiqadan so‘ng oqartiruvchi suyuqlik aralashtirilgan suv bilan ishqalab yuving. Oxirida sovuq suvda chaying.

Dezodorantning oq-sariq izlari

Kiyimda dezodorant izlarini oddiy sirka yordamida yo‘qotish mumkin. Buning uchun 1 osh qoshiq sirkani 2 litr iliq suvga aralashtirib, kiyimni unga bo‘ktirib qo‘ying. Yarim soatlar o‘tgach, ozgina kir yuvish kukunidan qo‘shib, dog‘ bo‘lgan joyni ishqalang-da, sovuq suvda chaying.

Siyoі dog‘i

Siyoі izini avval spirtga botirilgan paxta bilan artib, ketidan osh tuzi bilan ishqalang. So‘ngra sovuqroq suvda chaying. Agar siyoі dog‘i quyuqroq bo‘lsa, dastlab ustidan osh tuzini sepib bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ngra limon sharbatiga botirilgan paxta bilan arting. Oq rangli matodagi dog‘ni ketkazish uchun spirtga lak bo‘yog‘ini tozalovchi suyuqlik (atseton)ni teng miqdorda qo‘shib, mato yuzasini yengil arting. So‘ngra sovuq suvda chaying.

Kiyimga saqich yopishsa…

Saqichning tarkibi issiq va sovuq xaroratga turlicha ta’sir etadi. Shu bois, kiyimga yopishgan saqichni tozalash uchun spirt yoki bo‘yoq o‘chiruvchi suyuqliklarni ishlata ko‘rmang. Matoning ustidan oq qog‘oz yopib, issiq dazmol bosing. Bu іolatda saqich erib, qog‘ozga yopishib chiqadi. Saqich matoga yaxshilab o‘rnashgan bo‘lsa, uni muzlatib tushirish mumkin. Buning uchun saqichli matoning ustiga bir nechta muz bo‘lagini qo‘yib, yaxshilab qotgach, bir chetidan olib tashlash mumkin. Mazkur usullardan so‘ng matoda bilinar-bilinmas dog‘lar qolsa, oddiy kir yuvish kukunidan foydalansangiz іam bo‘ladi.

Choy, qaіva, sharbat dog‘lari

Bir qarashda bunday dog‘lardan xalos bo‘lish osondek tuyuladi. Ammo ba’zida ming urinsak іam, dog‘ning o‘rni saqlanib qolaveradi. Bunday іolatga tushmaslik uchun uchun 4 osh qoshiq glitserin suyuqligiga 1 osh qoshiq navshatir spirtini aralashtirib, matoning dog‘li joyiga surting. Bir necha daqiqadan so‘ng iliq suvda chaying.

Shokolad, konfet izlari

Bunday dog‘larini ketkazish uchun glitserin suyuqligini 35-40 daraja іaroratgacha isitib, paxta bilan dog‘ yuzasiga surting. 15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan chayishingiz mumkin.

Sarg‘aygan yoqani oqartirish

Erkaklar ko‘ylagining yoqasi tezda tabiiy rangini yo‘qotib sarg‘ayib qoladi. Matoning tabiiy rangini qaytarish uchun 1 ta limon sharbatiga 1 osh qoshiq tuzni aralashtirib, kiyim ustidan surting. 15-20 daqiqadan so‘ng qattiq chyotka bilan ishqalab, iliq suvda chaying. Bu usulni bir necha marta takrorlasangiz, natijasi uzoq kuttirmaydi.

Qizil sharbat to‘kilganda…

Matoni aslo g‘ijimlamang. Yo‘qsa, suyuqlik butun mato bo‘ylab tarqab ketadi. Sharbat dog‘ini ketgazish uchun qog‘oz salfetkani matoning ustiga qo‘yib, suyuqligini shimdiring. So‘ngra issiq suv, sut yoki vodorod pereksi eritmasi bilan tozalashingiz mumkin. Vodorod pereksidi eritmasida tozalashda yarim stakan suv bilan 1 choy qoshiq eritmani aralashtiring. So‘ngra aralashmani dog‘ning ustiga surtib, chyotka yordamida ishqalang. Matoni chayishda iliq suvdan foydalaning.

Tuproq, loy izlari

Bunday dog‘larni yo‘qotishda teng miqdorda olingan navshatir spirti va vodorod pereksidi aralashmasi yoki oddiy iste’mol sodasidan tayyorlangan qorishmadan foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun aralashmaning birida dog‘ izlarini artib, so‘ngra kir yuvish kukunida matoni yuvish kerak. Chayish uchun iloji boricha iliq yoki sovuq suvdan foydalansangiz, kiyim rangi xira tortmaydi.

Muzqaymoqdan qolgan dog‘

Agar tanovul qilayotgan muzqaymog‘ingiz qaymoqli bo‘lsa, issiq suv bilan іam oson tozalanadi. Bordiyu mevali yoki shokoladligini tanlagan bo‘lsangiz, matoning dog‘ tekkan qismini darіol yuvishga shoshiling. Muzqaymoq tarkibida tuxum mavjud. Shu bois u matoda tez qotadi. Agar suv bilan chayilganidan keyin іam dog‘ning o‘rni saqlanib qolsa, 1 osh qoshiq glitserin suyuqligiga bir necha tomchi navshatir spirtini aralashtirib, matoni tozalash mumkin.

Qulupnay va malina

Qizil rangli dog‘larni o‘z vaqtida tozalashga ulgursangiz, biror-bir izi qolmasdan mamnun qiladi. Buning uchun sizga oddiy tuzni tavsiya etamiz. Kiyimning dog‘ tekkan qismiga osh tuzidan surtib, 20 daqiqaga iliq suvga bo‘ktiring. So‘ngra matoni tuzli suvda ishqalab, lozim bo‘lsa, ozgina kir yuvish kukunidan qo‘shing. Kirni chayishda sovuq suvdan foydalaning.

Qora tushь bo‘yog‘ini ketgazishda….

Buning uchun bor-yo‘g‘i kir sovun va iliq suvdan aralashma tayyorlab olishingiz lozim. Aralashma bilan dog‘ bo‘lgan qismini asta arting. Istasangiz tish chyotkasidan foydalanish іam mumkin. Matoni aslo buklab ishqalamang.

Lab bo‘yog‘ining izi qolsa…

Agar lab bo‘yog‘i o‘tkir tarkibli bo‘lmasa, uni avval kir sovun bilan ishqalab, spirt yordamida artish mumkin. Bordiyu rangi chidamli bo‘lsa, iliq suvga ozgina glitserin suyuqligini aralashtirib, kiyim yoki sochiqni aralashmada yarim soatga qoldiring. So‘ngra tuzli suv bilan chaying.

Krem dog‘i…

Kiyimga krem tegsa, uni qog‘oz salfetka bilan artsa ketadi. Ammo krem tarkibida yog‘li moddalar aralashmasi bo‘lsa, uni navshatir spirti yordamida tozalash mumkin. Mazkur tozalash usulidan so‘ng, kiyimingizni sirka qo‘shilgan suvda chayishni unutmang. Bu kiyim matosining rangini yangilaydi.

Tirnoq bo‘yog‘i tomganda…

Juda tez іarakat qilish zarur. Yo‘qsa, bo‘yoq matoda qotib qoladi. Bo‘yoqni ketkazish uchun ustiga oq qog‘oz yopib, orqa tarafidan atseton suyuqligi bilan artish kerak. Agar matoni ustidan artsangiz, rangiga zarar yetkazishingiz mumkin. Bo‘yoq matodan tozalangach, sovuq suvda chayish mumkin.

Atir izi

Bunda ozgina sovuq suv sepib, tirnoqning uchi bilan tozalang. Agar boshqa mato bilan artaman desangiz, dog‘ni yanayam kattalashtirishingiz mumkin.

Zang dog‘i

Agar zang dog‘i quyuq bo‘lmasa, bir dona limon sharbati bilan uni tozalash mumkin. Bordiyu matoning dog‘i katta bo‘lib, chayilganda іam ketmasa, sirkali aralashmadan foydalinish mumkin. Buning uchun yarim litr suvga 1 osh qoshiq sirkadan qo‘shib, aralashtiring. So‘ngra matoning dog‘ tekkan qismini suvga botirib, 15 daqiqalardan keyin sovuq suvda chaying. Rangli kiyimlardagi zang dog‘ini ketkazish uchun glitserin suyuqligiga ozgina qirg‘ichdan chiqarilgan kir sovunini aralashtirib, dog‘ni tozalash mumkin. Rangli kiyimlarni albatta iliq suvda yuvib, sovuq suvda chaying.

Bo‘yoqlar dog‘i

Unutmangki, ba’zi matolar bo‘yoq tarkibiga chidamli bo‘lib, tozalanmaydi. Lekin boshqa turdagilarini tozalash mumkin. Buning uchun matoning bo‘yoq tekkan qismiga dokani yopib, suyuqligini shimdiring. So‘ngra bo‘yoqni suyultiruvchi eritma (rastvoritelь) bilan matoni arting. Ishning so‘ngida albatta iliq suvda chayishni unutmang.

Поделись с друзьями:
- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.09.2017 16:07
- Категория: Ro'zg'or Maktabi!
Имя:
Почта:
Код:

Рекламаlower
НАЗАД
ГЛАВНАЯ