Ko'zdan Kechirish

Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur bo‘ladigan tavsiyalar


Taom va yeguliklarga eng ko‘p ishlatadigan mahsulotimiz bu kartoshkadir. Undan foydalanayotganda esa ayrim oddiy qoidalarga amal qilsak, bas!

•  Kartoshka qaynatayotganda suvga 2-3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, piyoz yoki ozgina shivit qo‘shsangiz, ta’mi yanada shirin bo‘ladi.
•  Kartoshka tez pishishi uchun suvga 1 osh qoshiq margarin qo‘shing.
•  Agar eski kartoshkalarni qaynatmoqchi bo‘lsangiz, suvga sirka qo‘shish foydali.
•  Yangi kartoshkalar oson tozalanishi uchun ularni sovuq suvda yuving.
•  Kartoshkalarni baland olovda qovurish ularning miqdorini kamaytiradi. Yaxshisi, yaxshilab suvini silqitib, biroz qurigach, o‘rtacha olovda qovuring. Shunda sabzavotlar qizarib pishadi.
•  Kartoshka bo‘tqasiga qaynoq sut qo‘shish lozim. Agar sovuq sut qo‘shsangiz, yegulik rangi xiralashadi.
•  Kartoshkalarni archgach, ulardan tezda foydalaning. Bo‘lmasa, qorayib qoladi. Agar kartoshkalarni avvaldan tayyorlab qo‘yishingiz kerak bo‘lsa, sellofan paketga o‘rab, havo kirmasligi uchun og‘zini mahkamlang.

Kartoshkalarni uzoq muddat saqlamoqchi bo‘lsangiz, qopga olma mevasi qoqisidan solib qo‘ying. Shunda sabzavot ildiz otib ketmaydi.

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 15.11.2016 20:32
- Kanal: Boshqa Foydalilar!, Ro'zg'or Maktabi!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Ro'zg'or Maktabi!ga » Maslahatlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU