Ko'zdan Kechirish

Uy sharoitida “banka yopish” xavflimi?


Ko‘pchilik oilalar kabi biz ham uyimizda turli meva va sabzavotlarni bankaga yopganmiz. Lekin yaqinda xonadonlarga tekshiruvchilar kelib, konserva mahsulotlarimizni ko‘zdan kechirishib, uy sharoitida bankaga mahsulotlar yopish mumkin emasligini aytishdi. Ayrimlarniki o‘ta sifatsiz va yaroqsiz deb topilib, to‘kib tashlandi. Ayting-chi, rostdan ham uyda “yopilgan banka”dan botulizm kasalligi yuzaga kelishi mumkinmi? Aynigan mahsulotni qanday aniqlasa bo‘ladi? Shular haqida to‘liqroq ma’lumot bersangiz…

Madina Rahimova, Kitob tumani

Haqiqatdan ham ayni paytda sabzavotlardan turli tuzlamalar qilish mavsumi deyish mumkin. Biroq, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qish uchun yemak g‘amlayman, ro‘zg‘orga foyda keltiraman deb, noto‘g‘ri bajarilgan bir amal bilan butun boshli oila sog‘ligini xavfga qo‘yish hech gapmas. Shundan va yuqoridagi murojaatdan kelib chiqib, bu boradagi savollarga soha mutaxassisi orqali oydinlik kiritamiz.

120-125 gradusli strelizatsiyani uyda bajarib bo‘lmaydi!

Dildora Mirboboyeva, Respublika DSENM OAV va jamoatchilik bila ishlash bo‘limi mudiri:
—  Konserva mahsulotlari tayyorlashda zarur texnologik jarayonlar, ya’ni konserva zavodlaridagi kabi yuqri bosim ostida,  120-125 gradus issiqlikda o‘tkaziladigan sterilizatsiya jarayonini uy sharoitida bajarib bo‘lmaydi. Bundan esa botulizmga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. Botulizm bu ovqatdan zaharlanishning bir muncha og‘ir va asorat qoldirishi bo‘yicha ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan turi hisoblanadi. U kislorodsiz sharoitda rivojlanadi va o‘zidan zahar ishlab chiqaradi.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 28.09.2016 21:46
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot, Boshqa Foydalilar!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Boshqa Foydalilar!ga » Maslahatlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU