Shakar iste’mol qilishni qanday kamaytirish mumkin?

Oltin kuz ham yakuniga yetib, qorlari va qahratoni bilan kumush qish ham kirib keldi. Bu faslning ayozli kunlarida issiqqina o‘ranib, mazali shokolad, pechenьye yoki shirin choy bilan sevimli seriallar va filьmlarimizni tomosha qilishni istaymiz. Diqqat qiling — shu lahzada biz shakarni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish, oqibatda qandli diabetdan kariyesgacha bo‘lgan turli xastaliklarga chalinish xavfiga duch kelamiz.

Qancha shakar iste’mol qilayotganligingizni albatta nazorat qilib boring. Bu sog‘lik va o‘zingizni yaxshi his qilishingiz uchun juda ham muhim. Quyida ko‘p narsalardan voz kechmagan holda, shakar iste’molini kamaytirish yo‘llari haqida hikoya qilamiz.

Shakarning katta miqdori organizmga nafaqat taomlar, balki ichimliklar bilan ham tushadi. Shirin ichimliklarni limonli suvga, odatdagi choyni esa xushbo‘y mevali yoki o‘tli, biroq shakarsiziga almashtiring.

Shakardan butunlay voz kechishning imkoni yo‘q, biroq tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni boshqa, foydaliroq va to‘yimlirog‘iga almashtirish mumkin. Sutli shokoladning o‘rniga tarkibida kakao ko‘proq bo‘lgan achchiq shokoladni tatib ko‘ring, choy yoki qahvaga esa asal qo‘shing. Tayyor quruq nonushtalar o‘rniga suli yormasi bilan nonushta qiling, oq guruchning o‘rniga jigarrang guruchga ahamiyat qarating.

Yengil tamaddi uchun shirin bo‘lishiga qaramasdan, mevalar ajoyib variant bo‘la oladi. Sitrus mevalar, o‘rik, nok, kivi, olma va sovuq vaqtlarda topish qiyin bo‘lgan reza mevalar juda foydali hisoblanadi. Banan va uzum esa juda shirin bo‘lganligi uchun foydali jihatlari ham kamroq. Agar shirinliklar bilan o‘zingizni xursand qilmoqchi bo‘lsangiz, yong‘oq, meva va quruq mevalardan g‘aroyib desertlar tayyorlang.

Ba’zan butun tortni yeb qo‘yish istagi organizmda vitamin va mikroelementlarning yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Tadqiqotlar doim shirinlik yeyish istagi magniy yetishmasligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Balki sizga navbatdagi shokolad emas, yong‘oq yoki vitaminlardan topish mumkin bo‘lgan magniy kerakdir. Agar doim pishiriq yegingiz kelib, ularga sira to‘ymasangiz, aslida sizga shirin kruassan emas, mazali baliq va go‘shtda ko‘p uchraydigan azot zarur.

Qolaversa shirinlik yeyish istagi serotonin (baxt garmoni) yetishmasligi bilan ham bog‘liq. Mazkur garmon muzqaymoq yoki shokolad batoni yeyishingiz bilan keskin ko‘tariladi. Biroq uning samarasi uzoq davom etmaydi. Uni iste’mol qilgandan ko‘ra, sportning faol turlari yoki shunchaki toza havoda sayr qilish foydaliroqdir.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 01.12.2016 19:23
- Kanal: Boshqa Foydalilar!
Izoh Qoldirish!
Siz hali ro'yhatdan o'tmadingiz shu sababdan izoh qoldirolmaysiz, iltimos besh daqiqa vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting!
waplogspywap.net
waplog