Ko'zdan Kechirish

Ota-onalar uchun 60 tavsiya


Ba’zi keksalardan «Bolamni yaxshi kiyintirdim, yegani oldida bo‘ldi, hech kimdan kam bo‘lmadi. Shunga qaramay bolam nega bunaqa bo‘lib qoldi? Qayerda xato qildim?» qabilidagi gaplarni eshitib qolamiz. Sabab borasida fikr va munosabatlar turlicha. Nima eksang shuni o‘rasan deganlaridek, farzandga yetarlicha mehr bermasdan undan oqibat talab qilish o‘rinsizdir. Farzandingizga oxirgi marta qachon yaxshi ko‘rishingizni so‘zlarda yoki uni bag‘ringizga bosib ifoda etdingiz?

Dilingizdagilarni ochiqchasiga bayon eting:

1. Seni judayam yaxshi ko‘raman.
2. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, hech nimaga qaramay seni yaxshi ko‘raman.
3. Hatto mendan xafa bo‘lgan paytlaring ham seni yaxshi ko‘rganman.
4. Ba’zida mendan ranjima, jahlimni chiqarganingda seni urishib qo‘ysam ham, baribir yaxshi ko‘raman.
5. Bizdan uzoqda bo‘lganingda ham seni yaxshi ko‘raman. Mening mehr-muhabbatim hamisha sen bilan bo‘ladi.
6. Yer yuzidagi bolalar orasidan birortasini tanlash huquqi berilganda, men baribir seni tanlagan bo‘lardim.
7. Oygacha bo‘lgan masofachalik, butun yulduzlar atrofini aylanib yana ortga qaytishchalik cheksizlikda yaxshi ko‘raman.
8. Senga rahmat, o‘g‘lim (yoki qizim)!
9. Bugun sen bilan o‘ynaganim menga juda yoqdi.
10. Kun davomida eng esda qolarli voqea sen bilan birgalikda bajargan ishimiz bo‘ldi.

Bu haqda aytib berishdan erinmang!

11. Farzandingiz tug‘ilishi arafasidagi voqealarni hikoya qilib bering.
12. Bolalaringizni jajjigina paytlarida nima deb yoki qanday qilib erkalatganlaringizni esga olib turing.
13. Ism tanlash tarixini so‘zlab bering.
14. Ularning yoshida o‘zingiz qanday bo‘lganingizni eslang.
15. Ularning buvi va bobolari bir-birlarini qanday uchratganlarini.
16. Qaysi ranglarni yaxshi ko‘rishingizni.
17. Ba’zida sizga ham qaysi masala qiyinchilik tug‘dirishini bo‘lishing.
18. Uning qo‘lidan ushlab turgan paytingizda uch marta siqib qo‘yishingiz maxfiy kod bo‘lib, ma’nosini «seni yaxshi ko‘raman» deb atang.
19. Rejalaringiz haqida gapirib bering.
20. Hozir nima bilan shug‘ullanayotganingizni (masalan, gazetada ajoyib maslahatlar o‘qiyotganingizni) aytib bering.

Ularni har doim tinglashga tayyor turing:

21. Yo‘lda ketayotganingizda ham uning so‘zlarini tinglang.
22. O‘z o‘yinchoqlari haqida aytib berayotgan gaplarini tinglang va buning unga qanchalik ahamiyatli ekanini tushunishga harakat qiling.
23. Chindan ham yordamingiz zarur bo‘lgan masalalarni diqqat bilan eshiting. «Bolada», deb bolalarcha hislariga befarq qaramang.
24. Sabringiz chiday olgan fursatdan bir soniyagina ortiqroq vaqt gaplarini bo‘lmasdan tinglang.
25. Farzandingizning so‘zlari ortida yashiringan hislarni eshitishga harakat qiling.

Tez-tez so‘rab turing:

26. Bo‘lib o‘tgan voqeaga nisbatan munosabat, fikr shakllanishida ko‘maklashing: «Nega bunday bo‘ldi, deb o‘ylaysan?»
27. Agar bolalar to‘polon qilishmasa, nima bo‘lardi?
28. Buni qanday aniqlasak bo‘ladi?
29. Ayni damda nima haqda o‘ylayapsan?
30. Bugun hayotingda esda qolarli qanday voqea yuz berdi?
31. Mana bu taomni tatib ko‘r-chi, ta’mi nimaga o‘xsharkan?

Amaliyot har doim muhim.

32. Biror harakatni taqiqlash o‘rniga bu ish qanday bajarilishini o‘zingiz ko‘rsatib bering.
33. O‘t poyasida qanday qilib hushtak chalinishini.
34. Meva va sabzavotlar qanday to‘g‘ralishini.
35. Choyshab va yostiq jildlarini chiroyli taxlashni.
36. Javobi sizga ham noma’lum savollar yuzasidan axborot qanday qidirilishini.
37. Oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan mehri va uzilmas rishtalarini.
38. Tartibli bo‘lish va ozodalik (shaxsiy gigiyena) qanchalik muhimligini amaliy misollar bilan tushuntiring.

Vaqt ajrating:

39. Taom pishirayotganingizda farzandingiz sizga ko‘maklashishiga ruxsat bering.
40. Qushlarni tomosha qilish.
41. Qurilish maydonchalarini uzoqdan kuzatish.
42. Teatr yoki sayrga faqat o‘rtoqlari bilan emas, o‘zingiz ham birgalikda borish.
43. Qum o‘ynab, loydan bir nimalarni birgalikda yasash.
44. Vazifalarni bolangizning kayfiyatiga kirib, bolalarcha bajarib ko‘rish.
45. Shirintoyingiz o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lgan paytida yonida shunchaki kuzatib o‘tirishdek bebaho lahzalardan vaqtingizni ayamang.

Farzandingizni xursand qilib turing.

46. Ba’zida uning xonasini yig‘ishtirib, bezating, biror syurpriz tayyorlab qo‘ying.
47. Nonushtaga pishirilgan quymoq orasiga bir bo‘lak shokolad o‘rab qo‘ying.
48. Bolalarning ba’zi ishlariga yordamlashayotganingizda qandaydir ovoz effektlarini yarating, ertak va mulьtfilьm qahramonlari obraziga kiring.
49. Taomni likopga smaylik yoki biror hayvoncha shaklida joylashtiring.
50. Ular bilan gilam yoki pol ustida birgalikda o‘ynang.

O‘zingizni ozod eting:

51. Aybdorlik hissidan.
52. Bu aslida boshqacha bo‘lishi kerak edi, degan xayollardan.
53. Har doim o‘zingizni haq deb hisoblayverish odatidan voz keching.

Mehringizdan ulashib turing.

54. Farzandingizga nigohlaringiz orqali mehr va quvnoqlikni hadya etib turing.
55. Xonaga bolangiz kirib kelganida uni tabassum bilan kutib oling.
56. Farzandingiz sizga yaqinlashganida, quchmoqchi bo‘lganida xuddi shu tarzda javob qilib, bag‘ringizga bosing, nari tur deb ishlaringiz ko‘pligini ro‘kach qilmang.
57. Bolangiz chindan ham so‘zlaringizni e’tiborga olishini istasangiz, koyib, xatolarini to‘g‘irlayverishdan avval munosabat zaminini yaratib oling.
58. Muammosini yechib berishdan avval o‘z noroziligini (jahl va nafratini) yengib olishi uchun imkoniyat bering.
59. Uzun kun nihoyasida vanna hozirlab qo‘ying.
60. Farzandingizga mehringizni izhor etishning o‘ziga xos usullarini o‘zingiz yarating.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 24.05.2016 00:22
- Kanal: Oilaviy Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Rahmat! Juda kerakli ma'lumot.
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Oilaviy Maslahat!ga » Maslahatlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU