Oilaviy munosabatlarga putur yetkazuvchi 10 ta omil

Ko‘pincha baxtli hayot kechirib kelgan oilaga putur yetadi. Hammasi kichik norozilik, janjal va mojarolardan boshlanadi. Bunday holatlarga oilaviy munosabatlarda yo‘l qo‘yish kerak emas. Ular oilani tezda buzadi. Ular aynan nimalar ekanligini bilish va ulardan nari turish zarur.

  1. Rashk

Umr yo‘ldoshini, uning muloqot doirasini nazorat qilish istagi, uning fikrini o‘qishga intilish. Ishonchsizlik va shubha — nikohni buzishning ayni yo‘li.

  1. Xiyonat, yolg‘on va nosamimiylik

Bular ishonchni yo‘q qiladi, usiz esa ahil va mustahkam oilani qurib bo‘lmaydi. Er-xotin o‘rtasida devor paydo bo‘ladi va asta-sekinlik bilan ajralish kelib chiqadi.

  1. Tanqid

Tirnoq ostidan kir izlashlar, norozilik bildirishlar, ta’na-malomat, boshqa muvaffaqiyatli va aqlli odamlar bilan taqqoslashlar — bunday bosimni har kim ham uzoq vaqt ko‘tara olmaydi. U ham xuddi shu tarzda javob bera boshlaydi yoki o‘z qobig‘iga o‘ralib qoladi. Bunday munosabatlarni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.

  1. Xafagarchilik va kek saqlash

Qo‘pol, zaharli so‘zlar va o‘ylamay qilingan xatti-harakatlar er yoki xotinning ko‘ngliga og‘ir botadi. Yurakda xafagarchilik yig‘ilib qoladi. Munosabatlar zarar ko‘radi. Kek saqlash muhabbatni osongina barbod qiladi.

  1. Xudbinlik

Me’yoridan ortiq xudbinlik, sevgan kishisi bilan hisoblashish ehtiyojining yo‘qligi ko‘plab oilalarni buzib bo‘lgan.

  1. Manipulyatsiya (foydalanish)

Bu nosog‘lom munosabatlarning aniq-ravshan belgisidir. Odam umr yo‘ldoshining his-tuyg‘u va zaifliklaridan foydalanishga urinadi.

  1. Hurmatning yo‘qligi

Sevgi o‘zaro hurmatsiz bo‘lmaydi. Agar odamni hurmat qilmasangiz, uni seva olmaysiz.

  1. Muloqotning kamligi

Er-xotin kamdan-kam muloqot qilishiga sabablar ko‘p:ish, maishiy muammolar, charchoq. Biroq ularning barchasi uzoqlashishga olib keladi.

  1. Zerikarlilik va bir xillik

Bu oilaviy rishtalarning eng xavfli dushmanlari. Zerikarli kunlar, taassurotlarning yo‘qligi, sust jinsiy hayot — tuzsiz ovqat kabidir. Er-xotin bunday holatdan chiqishga urinib, zararli mayllarga berilishi yoki yorqin his-tuyg‘ularni tashqaridan qidirishi mumkin.

  1. Nizolar

Ularni hal qila olmaslik ham ajralishga olib kelishi mumkin. O‘z talab-istaklaringizda qat’iy turib olmasdan, umr yo‘ldoshingizga yon bosish, murosaga kelish kerak. Nizoli vaziyat yuzaga kelganida umr yo‘ldoshini diqqat bilan tinglab, uni munosabatlarda nima qoniqtirmayotganini tushunish zarur. Nizoni muvaffaqiyatli tarzda hal qilish er-xotinni faqat yaqinlashtiradi. O‘zaro munosabatlar yaxshilanadi. Agar muammo yechilmay qolsa, bu xafagarchilik, tushunmovchilik, nosamimiylikni keltirib chiqaradi.

Ammo munosabatlarda mehr-muhabbat bo‘lsa, oilani hech narsa buza olmaydi. Nizoni faqat ikki kishigina hal qila oladi. O‘zaro gina-kuduratlar va xafagarchiliklar o‘tib ketadi, biroq uzoq vaqtga dog‘ qoldiradi. Keyingi janjalda kelishmovchilik chuqurroq bo‘ladi, uni hal etish ham qiyinroq bo‘ladi. SHu tufayli oqibatda afsuslanishga olib keladigan xatti-harakatlardan tiyilish zarur.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
406 YOQDI 3 YOQMADI
- Joylandi: 03.07.2016 19:35
- Kanal: Oilaviy Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU