Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Oilaviy munosabatlardagi bosqichlar

Har bir juftlik oilaviy munosabatlarning ma’lum bosqichlari: mehr-muhabbat tuyg‘usi sinovi va munosabatlarda inqiroz yuzaga kelishi kabi davrlarni bosib o‘tishadi. Qani endi har bir oila baxt taftidan xuddi quyosh nurlari kabi birdek bahramand bo‘lolsa.

Ikki yosh sevishib yoki ota-onalar rizoligiga ko‘ra turmush qurishdi, ilohim baxt ularga yor bo‘lsin!  Ammo… Vaqt o‘tishi bilan hammasi o‘zgara boshlaydi. Aslida hammasi o‘z qo‘lingizda! Baxtni yo‘qqa chiqarish ham, oila rishtalaridagi muhabbat tilsimini asrab-avaylash ham faqat sizga bog‘liq.

1. Eng ajoyib va eng shirin damlar yoxud «sevgi ximiyasi» bosqichi (taxminan 18 oycha davom etadi)

Yigit va qiz uchrashib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ya boshlaganida ularning organizmida dunyoni yorqin ranglarda namoyon etuvchi ma’lum bir gormonlar faollashadi. Bu paytda yaqin insonimizdagi har qanday holat ko‘zimizga chiroyli ko‘rinib ketaveradi: tashqi qiyofa va ovoz nihoyatda qadrdon bo‘lib, hatto fe’l-atvordagi kamchilik yoki beo‘xshov harakatlar ham yoqimli tuyuladi, xuddi sarxushlik holatida yurgandek bo‘lamiz.

Bu davrda taqdirni o‘zgartiruvchi biror-bir qaror qabul qilishga hojat yo‘q, chunki «shirakayflik» ta’siri ertami, kechmi tarqalib, atrofdagi hamma narsa o‘z o‘rniga tushadi.

2. Birinchisidan keyin albatta, keladigan bosqich — bu «jonga tegish» (zerikib ketish) davri

His-tuyg‘ularingiz ancha «tinchib» qoladi, umr yo‘lidagi hamrohingizning ijobiy hamda salbiy jihatlarini hushyorlik bilan aql tarozisida baholaysiz. Bir-biringizga ko‘nikib, o‘zingizni ancha tabiiy, erkin va bemalol tuta boshlaysiz.

3. Uchinchi bosqich — nafrat davri deb ataladi

Bu bosqich har bir uzoq davom etuvchi munosabatlar uchun albatta, xos sanaladi. Nafratlanish fazasida xuddi qo‘lingizga zarrabin (lupa) berib qo‘yishgandek, bir-biringizdagi kamchiliklarga butun diqqat-e’tiboringizni qaratasiz va turli nizo, janjallar chiqara boshlaysiz. Bu vaziyatdan chiqishning eng oson, ammo ko‘ngilsiz chorasi — bu ajralish. Xo‘sh, buning nimasi yomon, dersiz? Bu shuni anglatadiki, siz «sevgi ximiyasi»ning ajoyib bosqichiga yana qaytasiz, biroq hammasini endi butunlay boshqa inson hamrohligida boshdan kechirasiz.

Dunyoda faqat mana shu uch fazada aylanib yuruvchi kishilar ko‘plab topiladi. Ushbu fazalar tor fikrli kishilar doirasi sanaladi, chunki bu davrlar ichida haqiqiy munosabatlarga hali kirishmagan bo‘lamiz.

4. Keyingi davr — sabr-bardosh

Er-xotin o‘rtasida nizolar hali ham davom etmoqda, ammo bu vaziyat avvalgi davr­dagidek taqdiringizga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Sababi ikkingiz ham janjal tugagach, munosabatlar yana tiklanishini juda yaxshi bilasiz.

Hamjihatlikda sabr-matonatimizni mustahkamlashga kirishsak, o‘z-o‘zidan zehnimiz ham o‘sib, oqil bo‘lib boramiz. Bu tabiatning qonuni. Shunday qilib, bu bosqichda bizni zakovat va donishmandlik qobiliyatini egallash imkoni kutib oladi.

5. Burch yoki hurmat davri. Yana muhabbatning boshlang‘ich pallasi deyish ham mumkin

Aslida bu davrgacha sevgidan hali darak bo‘lmagan edi. Endi oila qo‘rg‘oni a’zolari «u menga nimalarda qarzdor» deb emas, balki yaqin insoniga o‘zi nima qilib berishi lozimligi haqida o‘ylay boshlaydi. O‘z majburiyatlarimizga diqqat qaratishimiz bizni yuqori pog‘onalarga yo‘naltiradi.

6. Do‘stlik bosqichi. Do‘stona munosabatlar — muhabbat sari jiddiy tayyorgarlik

Oila bo‘stoni sohib va sohibalari endi haqiqatan ham bir-biriga yaqin va qadrli bo‘la boshlaydi. Eng yaqin sirdosh do‘stingizga ishonganday bir-biringizga ishonib, suyanasiz.

7. Yettinchi faza — bu muhabbat manzili

Mehr-muhabbat arzon buyum emas, butun umr davomida u tomonga qarab uzoq yo‘l yuriladi. Insonlar bir umrlik oila rishtalarini mustahkamlashda hayotning turli vaziyatlaridan sevib-sevilish sabog‘ini olishadi. Muhabbat — ko‘pchilik yoshlar o‘ylaganidek yuragimizda, xayollarimizda qo‘qqisdan paydo bo‘lib qolmaydi. Chin muhabbatga erishish uchun ich-ichimizdagi xudbinlikni yengib, ulg‘ayishimiz zarur.

Sevgining ta’mi

Sevgining o‘ziga xos ta’mi va mazasi mavjud: shirin va sho‘r, taxir ham­da tishni qamashtiruvchi turush, achchiq va hatto nordon. Sadoqat va sabr esa sevgining asosiy si­fatlari sanaladi. Biz hadeb bir-birimizdan nimalarnidir talab qilavermasdan, balki shunchaki o‘z tuyg‘ularimizga sodiq qolmog‘imiz darkor.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 14.06.2016 22:12
- Kanal: Oilaviy Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog