Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Er xotiniga mahr bermay turib ajrashib ketsa…

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Mahrni keyinroq berish sharti bilan nikoh o‘qilgan bo‘lsa, lekin hali mahr berilmagan holda ikki tomon xohishi bilan to‘ydan bir yil o‘tib nikoh bekor qilinsa, mahr berish vojibligicha qoladimi? Ayol: “Menga mahr kerakmas, roziman”, desa ham baribir mahr berish majburiymi? Agar mahr ayol roziligi bilan berilmasa, yashab o‘tgan bir yil zino bo‘lib qolmaydimi?

Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li javob beradilar::

Va alaykumu salom va rahmatullohi va barokatuh. Erkak o‘z xotini bilan ilk bor yolg‘iz qolganda, ya’ni xilvati sahiha bilan mahr vojib bo‘ladi. Bunda jinsiy yaqinlikka to‘sqinlik qiluvchi biron omil bo‘lmasligi, masalan er jinsiy ojiz yo bichilgan bo‘lmasligi kerak. Demak, to‘ydan keyin qiz va yigit yolg‘iz o‘zlari qolishsa, erning zimmasiga mahr berish vazifasi yuklanadi.
Agar oldindan mahr miqdorini tayin belgilamasdan nikohlangan ayol bo‘lsa, bu holatda ayolga mahri misl berish erkak zimmasida vojib bo‘ladi. Mahri misl degani bu o‘sha nikohlangan ayolning yoshidagi, uning husnidagi va uning ijtimoiy holatidagi ayollarga odat bo‘yicha necha pul mahr berilsa o‘shancha miqdorda mahr beriladi. Bunda ayolning qarindosh urug‘lari e’tiborli bo‘ladi. Ya’ni kelin tomondagi ayollarning yuqoridagi holatlari hisobga olinib, ular odatda uzatilgan vaqtida qancha mahr olsalar o‘shancha miqdorda mahr berish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, biror ayolga mahr bermaslikni shart qilgan holda uylanilsa, yoki ayolning o‘zi qaysidir sabab bilan mahr so‘ramasa va orada nikoh bo‘lib, erxotin kabi yashasalar ham unday ayolga mahri misl berish vojib bo‘ladi. Chunki, mahr bermaslik evaziga nikoh aqdini tuzish noto‘g‘ri hisoblanadi, binobarin, bunday shart hech qanday shar’iy kuchga ega bo‘lmaydi. Va bunday holatda ham ayolga mahri misl berish vojib bo‘ladi.
Agar belgilangan mahr fosid mahr bo‘lsa, masalan, harom narsalar mahr sifatida belgilangan bo‘lsa, bunda ham belgilangan mahr bekor bo‘lib, mahri misl berish vojib bo‘ladi. Agar oldindan mahr tayinlangan bo‘lsa va ular hali biron marta yolg‘iz qolmay turib taloq qilishga to‘g‘ri kelsa, u holda atalgan mahrning yarmini berish vojib bo‘ladi. Agar ajrashish ayol sababidan bo‘lsa ham mahrni berish lozim bo‘ladi.
Shunday ekan, bir yil yashagan, ayoldan ozmi-ko‘pmi manfaat olgan erkak unga mahrni berishi kerak. Garchi bundan keyin birga yashamasa ham. Ayol ajrashish alamidan “mahr kerakmas”, deb aytib yuborgan bo‘lishi mumkin. Ammo erkak o‘z nomiga munosib tarzda belgilangan mahrni chin dildan beradi. Zero, mahr o‘sha ayolning haqqi. Bu haqqa hech kim daxl qila olmaydi. Shundan kelib chiqib, aytish lozimki, savoldagi holatda zikr qilingan ayolga mahri misl berish vojibdir. Mahri misl o‘sha ayolning yoshi, sifatlari va mavqeiga o‘xshash ayollarga odatda qanday miqdorda mahr berilsa, o‘sha miqdordan kelib chiqib beriladi. Mahr berilmasdan yashagan yili zino bo‘lmaydi, ammo, mahrni baribir kech bo‘lsa ham berish shart bo‘ladi. Vallohu a’lam.Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Mahrni keyinroq berish sharti bilan nikoh o‘qilgan bo‘lsa, lekin hali mahr berilmagan holda ikki tomon xohishi bilan to‘ydan bir yil o‘tib nikoh bekor qilinsa, mahr berish vojibligicha qoladimi? Ayol: “Menga mahr kerakmas, roziman”, desa ham baribir mahr berish majburiymi? Agar mahr ayol roziligi bilan berilmasa, yashab o‘tgan bir yil zino bo‘lib qolmaydimi?

Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li javob beradilar::

Va alaykumu salom va rahmatullohi va barokatuh. Erkak o‘z xotini bilan ilk bor yolg‘iz qolganda, ya’ni xilvati sahiha bilan mahr vojib bo‘ladi. Bunda jinsiy yaqinlikka to‘sqinlik qiluvchi biron omil bo‘lmasligi, masalan er jinsiy ojiz yo bichilgan bo‘lmasligi kerak. Demak, to‘ydan keyin qiz va yigit yolg‘iz o‘zlari qolishsa, erning zimmasiga mahr berish vazifasi yuklanadi.
Agar oldindan mahr miqdorini tayin belgilamasdan nikohlangan ayol bo‘lsa, bu holatda ayolga mahri misl berish erkak zimmasida vojib bo‘ladi. Mahri misl degani bu o‘sha nikohlangan ayolning yoshidagi, uning husnidagi va uning ijtimoiy holatidagi ayollarga odat bo‘yicha necha pul mahr berilsa o‘shancha miqdorda mahr beriladi. Bunda ayolning qarindosh urug‘lari e’tiborli bo‘ladi. Ya’ni kelin tomondagi ayollarning yuqoridagi holatlari hisobga olinib, ular odatda uzatilgan vaqtida qancha mahr olsalar o‘shancha miqdorda mahr berish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, biror ayolga mahr bermaslikni shart qilgan holda uylanilsa, yoki ayolning o‘zi qaysidir sabab bilan mahr so‘ramasa va orada nikoh bo‘lib, erxotin kabi yashasalar ham unday ayolga mahri misl berish vojib bo‘ladi. Chunki, mahr bermaslik evaziga nikoh aqdini tuzish noto‘g‘ri hisoblanadi, binobarin, bunday shart hech qanday shar’iy kuchga ega bo‘lmaydi. Va bunday holatda ham ayolga mahri misl berish vojib bo‘ladi.
Agar belgilangan mahr fosid mahr bo‘lsa, masalan, harom narsalar mahr sifatida belgilangan bo‘lsa, bunda ham belgilangan mahr bekor bo‘lib, mahri misl berish vojib bo‘ladi. Agar oldindan mahr tayinlangan bo‘lsa va ular hali biron marta yolg‘iz qolmay turib taloq qilishga to‘g‘ri kelsa, u holda atalgan mahrning yarmini berish vojib bo‘ladi. Agar ajrashish ayol sababidan bo‘lsa ham mahrni berish lozim bo‘ladi.
Shunday ekan, bir yil yashagan, ayoldan ozmi-ko‘pmi manfaat olgan erkak unga mahrni berishi kerak. Garchi bundan keyin birga yashamasa ham. Ayol ajrashish alamidan “mahr kerakmas”, deb aytib yuborgan bo‘lishi mumkin. Ammo erkak o‘z nomiga munosib tarzda belgilangan mahrni chin dildan beradi. Zero, mahr o‘sha ayolning haqqi. Bu haqqa hech kim daxl qila olmaydi. Shundan kelib chiqib, aytish lozimki, savoldagi holatda zikr qilingan ayolga mahri misl berish vojibdir. Mahri misl o‘sha ayolning yoshi, sifatlari va mavqeiga o‘xshash ayollarga odatda qanday miqdorda mahr berilsa, o‘sha miqdordan kelib chiqib beriladi. Mahr berilmasdan yashagan yili zino bo‘lmaydi, ammo, mahrni baribir kech bo‘lsa ham berish shart bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 28.09.2016 21:51
- Kanal: Oilaviy Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog