Ko'zdan Kechirish

Bir-birini tanqid qiluvchi er-xotinlar


Nonushtaga o‘tiribman, deb tasavvur qi­ling. O‘zingizni binoyiday his etyapsiz, ammo kutilmaganda eringiz, tuxumni yaxshi pishirmabsan, deb sizni tanqid qi­la ketadi: «Sen juda yaxshi bilasan, men faqat qotirib pishirilganini yaxshi ko‘raman. Sen esa qiyomiga yetkazmay qovurasan, balki mening qo­nimni qaynatib, asabimga tegish uchun jo‘rttaga shunday qilayotgandirsan?» Siz darhol jangovar tayyorgarlik bilan tashlanib qolasiz: «Ha, men tuxumni oxirigacha pishirmadim. Chunki siz kecha uyga juda kech keldingiz».

Hissiyot dvigateli jangovar mashinani ha­rakatga keltiradi. Natijada siz oilaviy muhitda isyondan xoli bo‘lmagan nonushtadan boshqa barchasiga istaganingizcha ega bo‘lasiz. Mazkur vaziyatda o‘zin­­gizni boshqacha tutishingiz mumkinmidi? Bo‘lmasam-chi! Hammasi o‘z qo‘lingizda! Yondashuvlardan biri sifatida men erning so‘zlarini o‘rtacha ohangda yetkazmoqchiman. Toki uning noroziligini his eting, ammo o‘zingizni himoya qilish maqsadida qarshi hamlaga o‘tmang.

Yana bir javobni ha­vola etaman: «Sizga nima  bo‘l­di, tuxumni yaxshi qo­vurmaganimdan shunchalik achchiqlanyapsizmi?» Eringizning iddaosi yanada tajovuzkor bo‘ladi: «Ha! Sen, hatto shuni ham eplay olmaysan!» Vaholanki, oila bekasi oshirib yubormasligi kerak. Vazmin turib, xotirjam va osoyishta ohang­da: «Kechirasiz, menga ham yoqmay turibdi. Ehtimol, ko‘proq qovurishim kerak bo‘lgandir», desa kifoya. Er xotinining vazminligi va muqobil qa­rorlar qabul qilishi oldida «qurol-yarog‘ini tashlab», taslim bo‘ladi. Ishonavering, katta janjal bartaraf etiladi.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 15.05.2016 16:01
- Kanal: Oilaviy Maslahat!
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Oilaviy Maslahat!ga » Maslahatlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU