Ko'zdan Kechirish

Yuqori oqsilli parhezning asosiy foydasi ma’lum qilindi


Yuqori oqsilli parhez olti haftada jigardagi yog‘larni 48 foizga qisqartiradi. Bunda insonning hayvon yoki o‘simlik oqsillarini iste’mol qilishi ahamiyatsiz. Germaniyaning Inson oziqlanishi instituti olimlari ana shunday qaror qabul qilishdi. Gastroenterology jurnalida chop etilgan mazkur tadqiqot natijalarini EurekAlert nashri chop etdi.

Olimlar tadqiqot davomida ikki xil variantdagi yuqori oqsilli parhezning metabolizmga ta’sirini o‘rganib chiqishdi. Tadqiqotda 49 yoshdan 78 yoshgacha bo‘lgan 2-turdagi  qandli diabet va aksariyat hollarda, jigardagi yog‘ kasalligidan aziyat chekuvchi kishilar ishtirok etishdi. Bir variantda oqsil manbai o‘simlik mahsulotlari (non, no‘xat, lapsha), ikkinchisida esa – hayvon mahsulotlari (yog‘siz sut mahsulotlari, oq go‘sht, baliq) bo‘ldi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barcha ishtirokchilarning jigari hamda lipid almashinuvida ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan, shuningdek insulinga nisbatan sezuvchanlikning yaxshilanishi, qondagi fibroblastlar o‘sish omili bo‘lgan gormon darajasining sezilarli pasayishi kuzatilgan. Mazkur gormonning yuqori konsentratsiyasi ortiqcha vaznga ega kishilarga xosdir.

Jigarning noalkogolь yog‘li kasalligi Yevropa va AQShda eng ko‘p tarqalgan surunkali jigar kasalligi hisoblanadi. Bu kasallikni davolamaslik 2-turdagi qandli diabet va jigar serroziga olib kelishi mumkin.

Taronani do'stlaringizga Ham Tarqating!
- Joylandi: 04.11.2016 18:35
- Kanal: Salomatlik va Tibbiyot
Izoh Qoldirish!
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
Moqina.Net » Bosh Sahifaga » Salomatlik va Tibbiyotga » Maslahatlarga
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU